Tuesday, May 17, 2011

 
Ushbu videoni tomosha qilsangiz, Parvardigorga biz qanchalar qadrli ekanligimizni tushunib yetar edingiz! Parvardigor bizning Otamizdir. Ota o'z farzandini muammolar ummoniga tashlab qo'ymaydi. Marhamat, tomosha qiling!

Diqqatingizni Parvardigorga bag'ishlang!!!

 
Men Qayerdan izlashim kerak?  -Masihdan! Biz Iso Masihga iymon keltirgan ekanmiz, U orqali ulg'ayib boramiz, Masih osmondaligi uchun, Uni osmondan izlaymiz. Bu izlovda barcha fikrimiz Samodagi Otamizga bag'ishlanadi, yerdagi nafsga emas!
(1Sizlar Masih bilan birga tirilgan ekansiz, yuqoridagi, Masih bo’lgan joydagi narsalarni izlanglar; U samoda Xudoning o’ng tomonida o’tiribdi.
2Fikringiz er yuzidagi emas, samodagi narsalar bilan band bo’lsin.
3Chunki sizlar o’lgansizlar, yangi hayotingiz esa Masih bilan Xudo huzurida pinhondir.
4Hayotingizning o’zi – Masihdir. U olamga qaytib zohir bo’lgach, sizlar U bilan birga ulug’vor tusda zohir bo’lasizlar.)


                                                             ~Kolosaliklarga maktub 3:1-4~


Nimalarni ko'mishim lozim? -Hayotiy Nafsni! Biz Iso Masihga iymon keltirgan kunimizdan boshlab, Parvardigorning panohiga, oilasiga farzand bo'lib qabul qilinamiz. Shuning uchun ham, yerga mansub bo'lgan, odatiy holatga aylangan xarakterimiz va  gunohkor harakatlarimizni to'xtatishimiz kerak. Bizning yerga mansub bo'lgan odatimiz hasad, la'natlash, g'iybat, yolg'on gapirish, qalbda zino qilish, hirs va nafsni qodirishlar diqqatimizni Parvardigordan tortib oladi.
(5Shunday qilib, erga xos nafsingizni tiyib, fahshbozlik, nopoklik, yomon hirsu havaslar hamda butparastlik bilan teng bo’lgan tamagirlikni o’ldiringlar.6Bular sababli Xudoning g’azabi itoatsiz bandalarning boshiga tushadi!
7Sizlar ham bir vaqtlar bu kishilar bilan yotib-turib, ayni Shunday ishlar qilar edingizlar.
8Ammo endi g’azab, jahl, ginalarning hammasini bir chetga yig’ishtirib qo’yinglar. Og’zingizdan hech qanday jerkish yoki nojo’ya so’z chiqmasin.
9Bir-biringizga yolg’on gapirmanglar. Chunki sizlar eski insonni yomon odatlari bilan birga o’zingizdan soqit qildingizlar.
10Buning o’rniga Xudoni tanib-bilish sari yangilanayotgan, Yaratuvchining suratiga o’xshab borayotgan yangi insonni qabul qildingizlar.
11Shu nuqtai nazardan endi na yunoniy bor, na yahudiy; na sunnatli bor, na sunnatsiz; na johil bor, na madaniyatsiz; na qul bor, na ozod. Zero Masih hamma narsadir va hamma narsadadir.)


                                                          ~Kolosaliklarga maktub 3:5-11~


Nimalarni o'zimdan namoyon qilishim lozim? - Masihni! Chunki Parvardigor bizni shunchalar sevdi va gunohlarimizni Unga (Iso Masihga) iymon keltirganimiz uchun kechirdi. Biz endi Uning sevgisini, kechirimli ekanligini atrofimizdagi insonlarga o'zimizda namoyon etishimiz lozim.
(12Xudo sizlarni azizlarim deb tanlagan, sizlar muqaddassiz. Shunga ko’ra rahm-shafqat, ko’ngilchanlik, kamtarlik, muloyimlik va sabr-toqatni zeb-ziynat qilib taqinglar.
13Bir-biringizga nisbatan chidamli va kechirimli bo’linglar. Agar bir kishi ikkinchisidan xafa bo’lsa, Masih sizlarni kechirgani kabi, sizlar ham bir-biringizni kechiringlar.
14Yana bularning ustiga kamolot cho’qqisi bo’lgan muhabbat tojini kiyinglar.
15Masih ato qilgan tinchlik dilingizda hokim bo’lsin. Sizlar bir badanning a’zolari kabi tinch-totuv bo’lishga da’vat etilgansizlar. Shuningdek, minnatdor bo’linglar.
16Masihning kalomi sizda chuqur o’rnashib, yashayversin. Butun donolik bilan bir-biringizga ta’lim bering, nasihat qiling. Zabur xonishi, ilhomli qo’shiqlar va madhiyalar bilan, chin ko’ngildan, minnatdorchilik bilan Xudoni tarannum etinglar.17Nima aytsangiz yoki nima qilsangizlar, hammasini Rabbimiz Iso nomidan qilib, U orqali Otamiz Xudoga shukrona aytinglar.)


                                                             ~Kolosaliklarga maktub 3:12-17~

Sunday, May 15, 2011

Men eshik oldida turib taqillatyapman. Kimda-kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men uning yoniga kiraman; Men u bilan, u Men bilan kechki ovqatni baham ko’ramiz.
~Vahiy 3:20~