~ Qonunlar 6:4 ~
4 Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo - tanho Egadir!
Biz masihiylar iymon keltiradigan Xudoimiz yagonadir, lekin U 3 ta shaxsiyatga egadir. Xudo Ota, Xudo o'g'il va Muqaddas Ruh. Lekin bu Xudo uchta degani emas! Aniqroq tushunishingiz uchun, hayotiy misollar bilan tushuntiraman.
Parvardigor Otamiz butun dunyoni, jumladan biz insonlarni ham "Uchlik"dan iborat qilib yaratganlar!
Bir narsani unutmang, biz insonlar Xudoning sur'atida yaralganmiz:
~ Ibtido 1:27 ~
27 Shunday qilib, Xudo O'z suratiday qilib yaratdi inson zotini.
Biz insonlar ham Uchlikdan iboratmiz:
1) Tana
2) Jon
3) Ruh
Agar Jon va Ruh bu bir narsani anglatadiku, demoqchi bo'lsangiz adashasiz. Injil oyatlarini o'qisangiz, Jon va Ruh ikki xil manba ekanligini tushunasiz.
~ 1 Salloniklarga 5:23 ~
23 Tinchlik manbai bo'lgan Xudoning O'zi sizlarni butunlay poklasin. Rabbimiz Iso Masih kelguncha, butun RUHINGIZ, JONINGIZ va TANANGIZ aybsiz saqlansin.
1 - Tana
Tana haqida maktab darslaridan (odam anatomiyasi va hokazo) yaxshi ma'lumotga ega bo'lsangiz kerak. Tana jismoniy va vaqtinchalikdir. Tana - jismoniy dunyo uchun yaratilgan.
♥ † ♥ † ♥ † ♥
3 - Jon
Jon - diniy atamadir, lekin Jonni aniqroq tushunishimiz uchun oddiy so'z bilan atasak, Jon - bu Ongdir. Jon (Ong) orqali biz o'ylaymiz, qaror qilamiz, istaymiz, hirs qilamiz, bizni emotsiyalarimiz kelib chiqadi. Masalan, bizning jismoniy tanamiz och qolsa, yoki biror narsaga tashna bo'lsa, bu signallar miyaga yuboriladi va ong tanamizni qoniqtirish uchun tezlikda yechim qidira boshlaydi. Bizni jismoniy tanamiz tez qoniqishni istaydi. U noqulaylikdan qochadi, bir joyda qimirlamay o'tirishni va o'qishni yoqtirmaydi, bizni ongimiz (Jonimiz) o'rganishni istamaydi. Jon (Ong) haqida tushuntirganlarimni tushunishingiz uchun, o'zizni sinab ko'ring, bir joyda qimirlamay 10 soat o'tirib ko'ringchi.... Jonimiz bunday noqulaylikdan qochadi.
♥ † ♥ † ♥ † ♥
2 - Jon

Jon - bu Tana va Ruh o'rtasidagi vositachidir, va doimo shu ikkisida biri tarafga tortiladi, ya'ni Tananing o'zini hohish va ehtiyoji bor, hamda Ruhning o'zini istagi va tilagi bor. Tana yeyishni va uxlashni hohlasa, Ruh o'rganishni va ruhan o'sishni istaydi. Ruh cherkovga borishni istasa, tana uxlashni hohlaydi. Buni tajribangizda his qilgan bo'lsangiz kerak. Bu Jon (Ong) uchun jangdir, oxirida Jon (Ong) yo Ruhiy yo'lni tanlaydi, yo Jismoniy tanani yo'lini tanlaydi.
♥ † ♥ † ♥ † ♥
3 - Ruh
Endi keling ruh haqida gaplashamiz, Ruh bibliyada - Samoviy Jism deb atalgan. Keling o'sha oyatni ko'rib chiqamiz:
~ 1 Korinfliklarga maktub 15:39-40 ~
39Har qanday et ham bir xil emas, lekin insonlarning eti boshqa, hayvonlarning eti boshqa, qushlarning eti boshqa, baliqlarning eti boshqa.
40Samoviy va dunyoviy jismlar ham bor. Lekin samoviy jismlarning ko’rki boshqa, dunyoviylarniki boshqa.
Ko'rib turganingizday, bizni Tanamiz - dunyoviy jismdir, Ruhimiz esa - Samoviy jismdir.
Shuni aniq ayta olishim mumkinki, bizning Jismoniy tanamiz - Jismoniy dunyoda (Yerda) yashasa, Ruhiy tanamiz - Ruhiy dunyoda yashaydi.
Sizni Ruhingiz - Tanagizni ko'rinishiga o'xshaydi, xuddi sizni Tanangiz ota-onangizni ko'rinishiga o'xshagandek. Ruh, Tanangiz kabi ko'ra oladi, tega oladi, hid bilish, ta'm bilish va eshitish qobiliyatlariga ega. Bizning Ruhimizni borligi bizni hayvonlardan ajratib turadi. Bizning Ruhimiz abadiy yashaydi va Xudoni bilishni, U bilan bog'lanishni istaydi. Bizni Ruhimiz yaxshi inson bo'lishimizni va boshqalarga yaxshilik qilishni istaydi. Bizning Ruhimiz yaxshi yoki yovuzdir va oxirida bizni Ruhimiz yo Samoviy Qasrga yoki do'zaxga ravona bo'ladi.
Sizni jismoniy tanangiz nimaiki qilsa, Ruhingizga ta'sir qiladi. Va Ruhingizga sodir bo'lgan narsalar, tanagizga ta'sir qiladi. Sizning tanangiz bu dunyoda tirik bo'lib yashasada, ikkalasi, ya'ni Tana va Ruh bir-biriga chambarchas bog'liqdir.
Insonning tanasi boshqalarni odatini ta'sir orqali meros qilib olish qobiliyatiga ega. Masalan, biz ko'rganimizdek harakat qilamiz, eshitganimizdek gapiramiz. Xuddi ota-onamizni fazilatlarini va hulq-odatlarini meros qilib olgandek, Ruhimiz ham tanamizni barcha hulq-atvori va fazilatini meros qilib o'ziga oladi. Biz o'lganimizdan so'ng, o'zimiz bilan pul, meros, shon-sharaf, reputatsiya va boshqa jismoniy narsalarni u dunyoga olib keta olmaymiz, lekin bizning Ruhimiz tanamizdan, tanamiz bu dunyoda qanday yashab o'tgan bo'lsa, ya'ni fikrlash, hulq-atvor, fazilatlar va hokazo xarakterlarni meros qilib olib ketadi.
Diniy tilda gapirganda, sizning Ruhingiz yo gunohkor yo xaqqoniydir, bu albatta hayotingizni qanday yashab o'tganingizga bog'liqdir. Agar bu dunyoda, biror narsaga yoki kimsaga hirs qilgan bo'lsangiz, (bibliyada Iso Masih aytganlar, "Zino qilish bu faqat jizmoniy emasdir, balkim agar qalbingda birovga hirs qilsang ham, u bilan jismoniy zino qilgan bo'lasan" deb), hasad, birovni kechirmaslik, birov bilan urushib g'azabda bo'lsangiz, bu barchasi gunohdir va Ruhingiz shu fazilatlarni o'ziga meros qilib olgan bo'ladi. Sizni jismoniy hayotda qanday yashaganigizni, Ruhingiz u dunyodagi hayotingizni belgilaydi.
Muammo shundaki, ko'pgina Masihiy bo'lmagan insonlarning ruhi o'likdir. Qanday qilib insonlarning Ruhi o'lik bo'lishi mumkin degan savolingizga, bir boshdan Injilning eski ahdi, Ibtido bo'limidan oyat keltirib, tushuntira boshlayman:
~ Ibtido 2:15-17 ~
15Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, Odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin, deb uni Adan bog'iga joylashtirdi. 16Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: "Sen bog'dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol tanovul qilaver. 17Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o'lasan".
Odam Ato va Momo Havo Adan bog'ida yashab yurgan davrida, yer yuzida o'lim bo'lmagan, ular o'lim nimaligini bilishmagan. Ular Parvardigor Egamiz bilan abadiy yashash uchun yaratilishgan. Odam va Momo yaxshilik va yomonlik mevalaridan yeb, gunoh qilib qo'yishlari bilan, darrov jismoniy o'lishmagan. Bu oyatda Parvardigor Egamiz, Ruhan o'lishimizni nazarda tutganlar. Ruhan o'lish - bu Parvardigor bilan bo'lgan Muqaddas Rishtamizning uzilishidir. O'sha davrda Odam Ato va Momo Havoning Ruhi, Parvardigor Egamizning Ruhi bilan BITTA bo'lgan. Misol bilan tushuntiradigan bo'lsam, Parvardigor Egamiz - Daraxt bo'lsa, Odam va Momo - Daraxtning (Parvardigor) shoxlaridir. Lekin Odam va Momo gunoh qilishgani sababli, u rishta uzilgan.
Parvardigor Egamiz, Odam ato va Momo havoni yaratganlarida, ularda ham biz kabi Tana, Jon va Ruh bo'lgan, lekin bizdan farqligi shundaki, ularning Tanasi, Joni va Ruhi Samoviy MuqaddasTartibda bo'lgan, ya'ni ularning Tanasi Joniga bo'ysingan, Joni esa Xudo bilan bitta bo'lgan Ruhiga bo'ysungan. Odam ato va Momo havo gunoh qilib qo'yishgandan so'ng, bu Samoviy tartib buzilgan va Shayton Jonga (Ongga) ta'sir o'tkazib, Jon orqali Ruh va Tana ustidan boshqaruvni boshlagan. Buni natijasida Tana va Ruh gunohga bulg'angan va Parvardigor Egamiz bilan bo'lgan Muqaddas rishtamiz uzilgan!
Odam ato va Momo havo gunohlaridan so'ng, insoniyat Xudo bilan aloqani tiklashga harakat qilishgan, lekin gunohning salbiy ta'siri tufayli, ularning barcha harakatlari samarasiz bo'lgan. Keyinchalik esa, Xudo tomonidan tayinlangan payg'ambarlar Xudo uchun insonlarga gapirishgan, ruhoniylar esa insonlar uchun Xudoga gapirishgan. Lekin bu Parvardigor Egamiz uchun yetarli bo'lmagan.
Muammo shundaki, biz gunohkor insonlarning ruhi, gunoh ta'siri tufayli chalkashgan va ikkilangandir, va gunoh bilan bulg'angan ruhimiz ko'pincha jonimizgaga (ongimizga) yomon maslahat berib turadi, buning natijasida biz insonlar Parvardigorni ibodatimiz bilan xursand qila olmaymiz.
Xoch † barchasini o'zgartirdi. Endilikda, biz Iso Masihga bo'lgan iymonimiz tufayli ruhan qayta tirildik va bizning ruhimiz, Parvardigor Otamizning Ruhi bilan yana BITTA bo'ldi. Iso Masih orqali uzilgan Muqaddas rishta tiklandi. Hamda barcha chalkashliklarga va ikkilanishlarimizga oydinlik kiritildi.
~ 1 Korinfliklarga 6:17 ~
17Rabbimiz bilan qovushgan esa U bilan bir ruh bo’ladi.

Iso Masih orqali o'lgan ruhimiz tirildi va oq-qorani tamoman bila boshladi. Bizning Jonimiz (ongimiz)bu dunyoda gunoh ta'sirida bo'lsada, Iso Masih orqali poklangan va tirilgan ruhimiz vijdonimiz orqali jonimizni (ongimizni) boshqaradi.
Qayta tirilishning mo'jizasi shundaki, biz Masihiy bo'lganimizdan so'ng, Parvardigor Otamizning so'zlarini oydinlik ila tushuna boshlaymiz.Tabiiy inson, Parvardigorning so'zlarini anglab yeta olmaydi. Tushunmagani uchun ham Uni tentaklik hisoblaydi.
~ 1 Korinfliklarga 2:14 ~
14Inson o’zining tug’ma his-tuyg’ulari bilan Xudo Ruhi o’rgatgan narsalarni
qabul qila olmaydi. U bularni tushunmagani uchun tentaklik hisoblaydi. Zero
ilohiy haqiqatni Ilohiy Ruh yordamida muhokama qilish lozim.
~ Ishayo 29:13 ~
Xa, Rabbiy aytdi: "Bu xalq so'zdagina Menga yaqinlashadi, Tildagina (yani ong orqali) Menga izzat qiladi, yuraklari (yani Ruhlari) esa Mendan uzoqdir. Inson yaratgan qoidalar orqali Menga sajda qiladi.
Ushbu oyatda shuni tushunishingiz mumkunki, xozirgi hayotimizda barcha Din ulamolarining tilda, ya'ni ong orqali yoddan bilgan oyatlarni aytib Xudoga izzat ko'rsatishga juda ustadir, lekin qalban ya'ni ruhan ibodat qilishga kelganda, ular Xudodan yiroqdadir. Yuhanno o'z oyatida sajda va ibodat xaqida shunday deydi:
~ Yuhanno 4:24 ~
Xudo - Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshchiligida, xaqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim.

Parvardigor Egamiz, yuragimizga va niyatimizga qarab hukm chiqazadi, harakatimizga qarab emas! Parvardigor Egamizni odobli harakatimiz bilan ahmoq qila olmaymiz. Sirtdan odobli bo'lib ko'rinsakda, Parvardigor qalbimizdagi niyatimizni juda yaxshi biladi.
~ Matto 15:17-20 ~
17 Og'izga kiradigan har bir narsa qoringa o'tib, kerakli joydan chiqib ketishini nahotki tushunmasangizlar?! 18 Ammo og'izdan chiqadigan narsalar yurakdan chiqadi. Ana o'shalar insonni harom qiladi. 19 Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu-zino, o'g'irlik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi. 20 Ana shular insonni harom qiladi. Yuvilmagan qo'l bilan ovqat yeyish esa insonni harom qilmaydi.
Yeremiyo payg'ambari o'z oyatida yuragimiz ayyorligi haqida oyat ham yozib o'tganlar.
~Yeremiyo 17:9 ~
Odamning yuragi shunchalik ayyor-ki,
Uning davosi yo'q!
Uning ichidagini kim biladi?!
Yeremiyo payg'ambari o'z oyatida yuragimiz ayyorligi haqida oyat ham yozib o'tganlar.
~Yeremiyo 17:9 ~
Odamning yuragi shunchalik ayyor-ki,
Uning davosi yo'q!
Uning ichidagini kim biladi?!
Iso Masihni qabul qilib, qayta tug'ilishimiz bilan Parvardigor Egamizning Muqaddas Ruhi bizning ruhimiz bilan birlashadi. Va doimo ruhimizni yangilaydi, tarbiyalaydi, ruhimiz orqali Jonimizga (Ongimizga) maslahat beradi.
Parvardigorning Muqaddas Ruhi, bizning ruhimizni tarbiyalagan holda, jonimiz (ongimiz) ustidan qayta egalik qilib, gunoh qulligidan ozod qiladi. Shuningdek, bizning Jonimiz (Ongimiz) Ruhimizning berayotgan maslahatiga quloq solishi kerak, chunki Parvardigor Egamizning Muqaddas Ruhi ruhimizga maslahat berayotgan bo'ladi.
Pavel o'z oyatlarida, Jonimiz (Ongimiz)ni yangilatishimiz uchun tubdan o'zgarishimiz darkorligini aytib o'tganlar:
~ Rimliklarga 12:2 ~
2Bu dunyoga uyg’unlashmanglar. Xudoning yaxshi, manzur, komil irodasining nima
ekanini fahmlamoq uchun fikringizni yangilash orqali tubdan o’zgaringlar.
Tubdan o'zgarish - bu Muqaddas Ruhni Jonimizni (ongimizni) tarbiyalasga, yangilashga, asosiy ta'sir manbasi bo'lishga izn berishdir.
~ Rimliklarga 8:5 ~
5Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar.
Mana bu - yana Samoviy Muqaddas Tartibdir. Parvardigor Egamiz Muqaddas Ruhi bilan bizni tubdan o'zgartirib boradi. Ya'ni Parvardigor Egamizning Muqaddas Ruhi >>> bizning ruhga, >>>bizning jonga, >>> bizning tanamizgadir. Mana shuning uchun ham Farziylar tanqid qilinganlar. Chunki Parvardigorning Muqaddas Ruhi ularning ichida bo'lmagan. Va ularning qonunlarga bo'ysinuvchanligi, ularning aql zakovatining hamda Jonining (Ongining) mahsuli bo'lgan. Shuning evaziga ular kamtarin bo'lish o'rniga, o'zlarini xaqqoniy hisoblashgan. Ularning ruhi gunohlariga pushaymon yemagan holda qolgan. Sirtdan yaxshi ko'ringani bilan, ichdan ular vayrona bo'lishgan!

Bizning eng katta muammoimiz shundaki, bizning Jonimiz (Ongimiz) hali ham gunohga bo'lgan aloqasi ustida kurashmoqda. Shuning uchun ham Jonimiz (Ongimiz) yangilarngan ruhimizga doimiy ravishda itoatkor bo'lishi shart.
Bir narsani unutmang, biz Jonimiz (Ongimiz) orqali hulq atvorimizga ta'sir qiladigan qaror chiqazamiz. To'g'ri, bizning ruhimiz, Parvardigor Egamizning Muqaddas Ruhi bilan birdir, lekin U faqat maslahat bera oladi.
Pavlus ~ Rimlikarga 7:14-25 ~ oyatlarida yaxshilik qilishga hohishi borligini, lekin amalda ro'yobga chiqara olmasligini, uning ruhi Parvardigorning Muqaddas Ruhi bilan bir bo'lsada, ba'zida Joni (ongi) Xudo Ruhiga qarshi chiqishini aytib, tushuntirib o'tadi:
14Qonnunni Xudo bergan. Men esa gunohga qul bo'lib sotilgan ojiz bandaman. 15Axir o'zim qilayotgan ishlarni o'zim tushunmayman, chunki qilishni hohlaganlarimni qilmayman, aksincha nimani yomon ko'rsam, shuni qilaman. 16O'zim hohlamagan ishlarni qilayotgan ekanman, bu bilan qonunning yaxshi ekanligini ma'qullayotgan bo'laman. 17Demak, bu ishlarni men o'zim emas, balkim yuragimdagi gunoh qilayotgan bo'ladi.
18Menda, ya'ni bashariy tabiatimda yaxshi narsa yo'qligini aniq bilaman. Yaxshilik qilish istagi dilimda bor bo'lsada, uni ro'yobga chiqarishga kuchim yetmaydi. 19O'zim qilishni hohlagan yaxshilikni qilmaymanda, uning o'rniga o'zim qilishni hohlamagan yomonlikni qilaman. 20O'zim hohlamagan ishni qilayotgan ekanman, demak bu ishni men emas, balkim yuragimdagi gunoh qilyapti.
21Men bundan ushbu xulosani chiqaraman: yaxshilik qilmoqchi bo'lganimda, qalbimda hamisha yomonlik poylab turadi. 22Butun qalbim bilan Xudoning qonunidan zavq olaman. 23Ammo a'zoyi badanimda boshqa bir qoida amal qilmoqda. Bu qoida ongimdagi qonunga qarshi kurash olib borib, a'zoyi badanimda amal qiluvchi gunoh qoidasiga meni asir qilyapti. 24Oh men sho'rlik odam! O'lim soyasi ostidagi bu ahvolimdan kim meni qutqarar ekan? 25Xudoga shukur! Rabbimiz Iso Masih orqali U bizni qutqaradi! Xullasi kalom, men ongim bilan Xudoning qonuniga qul bo'lsamda, bashariy tabiatim gunoh qoidasiga quldir.
Lekin Farziylar va Dindor Ulamolar, Pavlus aytganlarining teskarisi edi, ular tashqi tanasi bilan xulqi odobli bo'lsada, ichida yovuz fikrlarga va niyatlarga to'la edi. Parvardigor Egamiz bundaylarni hukm qiladi, lekin bu hukmi Masihiylarga qaratilmagandir, chunki Jonimiz (ongimiz) bizga hiyonatlik qilsada, ruhimiz Parvardigor Egamiz bilan BITTAdir.
~ Rimliklarga 8:1 ~
1Shunday qilib, Iso Masih ummati bo’lganlarga qarshi endi hech bir mahkumlik yo’qdir.
Qisqacha ma'lumot: Ushbu maqolani Injil oyatlarini o'rgangan holda yozdim. Men ham insonman, xatoga yo'l qo'ygan bo'lishim mumkin. Muqaddas - Parvardigordir! Maqolamga fakt sifatida ishoning demoqchi emasman, balkim o'zingiz ham Injil oyatlarini o'qing, Parvardigor xaqiqatni qidirganga, Xaqiqatni ravshan qiladi. Iso Masih nomi bilan, Omin!

No comments:
Post a Comment