Wednesday, April 3, 2013

Nima uchun yer yuzida Dinlar ko'p?


Dunyoda ko’p Dinlarning mavjudligi va barchasi Xudoga eltuvchi yo’lligini takidlab turishi, chin dildan Xudo haqidagi Xaqiqatni izlayotgan insonlarni chalkashtirib yuborishi aniq. Shunday chalkashliklarni dastidan ba’zilar Absolut Xaqiqatni tushuna olishmaydi yoki ular oxiri Universalistning “Hamma Dinlar bizni Xudoga olib boradi” degan gaplariga ishonib, iymon keltirishadi. Ikkilanib qolgan insonlar esa, Dinlarning ko’pligi shuni isbot qiladiki, yo Xudoni bilib bulmaydi, yoki Xudo yo’q degan xulosaga kelishadi.

~Rimliklarga 1:19-23~ oyati nima uchun dunyoda dinlarning ko’pligini tushuntirib beradi:

19 Xudo haqida nimaiki bilish mumkin bulsa, ularga ravshandir. Xudoning O’zi ularga zohir etgan. 20 Borliq yaratilgandan berin, Xudoning ko’rinmas hususiyatlari, ya’ni abadiy Qudrati va Ilohiyoti, ochiq ko’rinib turibdi. Xudoning ijodiga qarab, Uning xususiyatlarini tushunib olsa bo’ladi. Shunday ekan, ular: “Xudoni bilmaymiz” deb bahona qila olmaydilar. 21 Ular Xudoni bilsalarda, Uni ulug’lamadilar, Unga shukur qilmadilar. Aksincha, bema’ni o’y-hayollarga berilib ketdilar, ularning nodon onglari zulmatga cho’kdi. 22 Ular o’zlarini aqilli deb hisoblaydilar, aslida esa nodonlardir. 23 Ular Barhayot, Ulug’vor Xudoga emas, balki o’tkinchi inson, qush, chorva, sudraluvchi jonivorlar suratidagi butlarga sajda qildilar.

Bu oyat orqali biz shuni tushunishimiz mumkinki, Xudo haqidagi barcha ma’lumotlarni faqatgina Xudoning o’zi bizga namoyon qilishi mumkin. Biz chegaralangan fikrimiz bilan, Cheksiz Xudoning Qudratini, Husnini, Abadiyotligini aniqlay olmaymiz. Agar aniqlay olaman degan fikrda bo’lsangiz, sizga unda o’zizni sinab ko’rish uchun 2 ta vazifa beraman: 
1) Miyangiz bilan eng katta bo’lgan sonni o’ylang, va bir qog’ozga yozib qo’ying…. 
2) Osmonga qarab uning chekini toping?
Sizda savol tug'ilishi mumkin, "Qanday qilib, biz Cheksiz Xudoni bilishimiz mumkin unda?"... Xudo bizga O’zini Iso Masih orqali namoyon qildi, Xudo Ota – Ilohiy Ruhdir!

~Yuhanno 4:24~
Xudo – Ruhdir.

Ruh bizning ko’zimizga ko’rinmaydi, lekin Ruhni biz Uning nuri orqali ko'ra olamiz. Iso Masih Xudoning nuridir. Xudoning Nuri orqali biz Xudoni taniymiz. Iso Masih orqali biz Xudo Otani ko’ra olamiz va Uni shaxsan taniy olamiz. Xudovandni shaxsan tanish imkoniyatini, Xudoning o’zi bizga berdi – Iso Masih orqali. Xudo haqidagi Xaqiqat insonlarga Xudoning O’zi tomonidan ko’rsatildi va bilidirldi. Xudo haqidagi Xaqiqatini qabul qilish va itoat etish o’rniga, ko’pgina insonlar rad etib, Xudoni tushunish uchun o’z yo’llarini qidira boshlashadi. Lekin bu urunishlar Xudo haqida voqiflikka emas, balkim samarasiz o’ylashlarga va turli xil butparastlikka keltiradi.

Mana bu yerda “ko’pgina dinlarning” paydo bo’ishiga sabablar:
-Ko’pgina insonlar haqqoniylikni va to’g’ri ish qilishni talab qiladigan Xudoga ishonishni istashmaydi, shunga ular shunday talablarni talab qilmaydigan Xudoni yaratishadi.
-Ko’pgina insonlar, samoviy qasrga inson o’z kuchi bilan erisha olish imkoni yo’qligini e’lon qilgan Xudoga ishonishni istashmaydi, shunga ular qandaydir qonunlarni bajarish, qandaydir qoidalarga rioya qilish va savob ishlar orqali qandaydir pog’onada bo’lish orqali samoviy qasrga (yoki jannatga) qabul qiladigan Xudoni yaratishadi.
-Ko’pgina insonlar Cheksiz, Qudratli, Barhayot va Shaxsan tanib bo'ladigan Xudo bilan rishtada bo’lishni istashmaydi, shunga ular sirli kuchga ega bo’lgan ko'rinmas Xudoni tassavur qilishadi.

Bu barchasi esa Yagona va Barhayot Xudoga emas,  butparastlikka olib boradi.

No comments:

Post a Comment