Najotkorga muhtojligini va gunohlari kechirilishi kerakligini anglagan odam, Xudoga aytgan ibodati - tavba ibodati deb nomlanadi. Bu ibodat o’zidan o’zi najotga olib kelolmaydi, faqat haqiqiy tavba, o’zini gunohkorligini va najot eng muhim ehtiyojligini tushunish, najotga olib keladi. Tavba ibodatining birinchi tomoni, o’zimizni gunohkor ekanligimizni anglab yetishdir.
~ Rimliklar maktubi 3:10~
~ Rimliklar maktubi 3:10~
Solih kishi yo’q, bir kishi ham yo’qdir.
Ko'rib turganingizday, hammamiz gunoh qilganligimiz, Muqaddas Kitobda aniq tasdiqlangan. Biz hammamiz - gunohkorlarmiz, Xudoning kechirimiga va rahmdilligiga muhtojlarmiz
~ Titu maktubi 3:5-7 ~
5Xudo bizning qilgan savobli ishlarimiz tufayli emas, balki O’zining rahm-shafqati tufayli bizni qutqardi, gunohlarimizni yuvib, bizni yangidan tug’iltirdi, Muqaddas Ruh orqali bizga yangi hayot ato etdi.
6Qutqaruvchimiz Iso Masih sharofati bilan Xudo bizning ustimizga mo’l-ko’l Muqaddas Ruh yog’dirdi.
7Xudo inoyat qilib, bizni oqladi va abadiy hayotga umidvorlik bilan qaragan merosxo’r ham qildi.

Chunki o’zimizning qilgan gunohimizni deb, biz abadiy jazoga loyiqmiz. Shunday qilib, tavba ibodati - bu adolatli jazo o’rniga kechirim so’rash iltijosidir.
Bu ibodatni ikkinchi tomoni - Xudo bizning o’ta achinarli ahvolimizni o’zgartirish uchun nima qilganini tushunishdir. U tanni qabul qildi va odam - Iso Masih bo’ldi

~Yuhanno Xushxabari 1:1-14 ~
1Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo huzurida edi, Kalom – Xudo edi.
2Azaldanoq U Xudo huzurida edi.
3Borliq U orqali bor bo’lgan, Usiz hech narsa bor bo’lgan emas. Neki bor bo’lgan bo’lsa, U orqali bor bo’lgan.
4Unda hayot bor edi, hayot insonlarning nuri edi.
5Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmadi.
6Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi,
7u shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin.
8Uning o’zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi.
9Dunyoga kelayotgan hamma odamzodni yorituvchi haqiqiy nur bor edi.
10Kalom dunyoda bor edi, dunyo U orqali bor bo’lgan edi, biroq dunyo Uni tanimadi.
11O’zinikilarning yoniga keldi U, lekin O’zinikilar Uni qabul qilmadi.
12Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini berdi.
13Ular na qondan, na tana xohishidan, na er xohishidan, balki Xudodan tug’ildilar.
14Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug’vorligini ko’rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to’lgan yagona O’g’ilning ulug’vorligini ko’rdik.

Iso bizga Xudo haqidagi Haqiqatni ochib berdi va taqvodorli, gunohsiz hayot kechirdi
~ Yuhanno Xushxabari 8:46 ~ Iso shunday deydi:
46Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayblay olasiz? Agarda haqiqatni so’zlayotgan bo’lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?

Keyin esa, bizga tayyorlangan jazoni O’ziga olib, U bizning o’rnimizga xochda o’ldi
~ Rimliklar maktubi 5:8 ~
8Lekin biz hali gunohga botgan chog’imizda, Masih biz uchun o’ldi. Bu Xudoning bizga bo’lgan muhabbatidan dalolatdir.
Iso Masihning o’liklar ichidan tirilishi, shuni tasdiqlaydiki, U gunoh, o’lim va do’zah ustidan g’alaba qozondi
~ Kolossiyaliklarga maktub 2:15-17 ~
15O’sha xoch orqali ruhiy hokim va hukmronliklar ustidan ham g’alaba qozondi. Ularning qurol-yarog’ini olib qo’ydi-da, ularni O’zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi.
16Shunday qilib, egulik-ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy yoki dam olish kunlari xususida hech kim sizlarga qonun-qoida chiqarmasin.
17Bular kelajak dunyoning sharpasigina xolos, asli esa Masihdadir.

Faqat shu tufayli biz gunohlarimizdan kechirim olishimiz mumkin, biz agar faqat Masihga ishonsak, bizga Samoviy Qasrga abadiy hayot va'da qilingan. Bizdan talab qilinadigan narsa shuki - U bizning o’rnimizga o’lganiga va o’liklar ichidan tirilganiga ishonishdir
~ Rimliklar maktubi 10:9-10 ~
9Agar sen Isoni Rabbim deb, og’zing bilan ochiq iqror etsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan inonsang, najot topasan.
10Chunki oqlanish uchun yurak bilan e’tiqod qilmoq, qutulish uchun og’iz bilan iqror bo’lmoq lozimdir.

Biz faqat marhamat orqali qutqarilishimiz mumkin, va faqat shu marhamatni Iso Masihga bo'lgan iymonimiz orqali.
~ Efesliklar maktubi 2:8 ~
8Sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu - Xudoning in’omi, sizning ytutug’ingiz emas”.
Tavba ibodatini aytib, biz Xudoga, Iso Masihga o’z Najotkorimiz deb , ishonayotganimizni aytamiz. Najot uchun qandaydir “sehrli” so’zlarni aytishni keragi yo’q. Faqat Isoning o’limiga va tirilganiga ishonish orqali, biz najotni olamiz! Agar siz gunoh qilganingizni tushunayotgan bo’lsangiz, va Iso Masihdan najot zarurligini his qilayotgan bo’lsangiz, unda keyingi , Xudoga murojaat qilishingiz mumkin bo’lgan tavba ibodati yordam beradi. “Xudovandim, men Sening ko’z oldingda gunoh qilganligimni bilaman. Men o’zimning qilgan gunohlarimni natijalarini ko’tarishga loyiqman, lekin men Iso Masih Sening o'g'ling ekanligiga va Uning o'limi va tirilishi menga kechirilishimni ta'minlab berganiga ishonaman. Uni o’z Najotkorim deb qabul qilaman. Rahmat Senga, Xudovandim, meni qutqarayotganing va kechirayotganing uchun! Omin!”

No comments:
Post a Comment