Thursday, April 4, 2013

Iso Masih ajarlish (taloq qilish) haqidagi hikmati

 
~Mark 10:2-12~
 
Ba’zi farziylar Isoni sinab ko’rmoq niyatida yaqinlashib:
- Er o’z xotinidan ajralishiga ijozat beriladimi? – deb so’radilar.
Iso bunga javoban:
- Muso sizlarga nimani buyurgan edi? – deb so’radi.
Muso erkak taloq xatini yozib xotinidan ajralishiga ijozat bergan edi, – deyishdi.
Iso ularga javob berib dedi:
- Bag’ri toshligingiz uchun Muso sizlarga bu amrni yozib qoldirgan. Aslida Xudo dunyoni yaratishidanoq odamlarni erkak va xotin qilib yaratdi. Tavrotda yozilishicha: “Shuning uchun er kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo’ladi”. Bunga ko’ra, ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadi. Xudo birga qo’shganini bandasi ajratmasin.
Uyga kelganlarida, shogirdlar yana shu haqda Isodan so’radilar. U ularga dedi:
- Kim o’z xotini bilan ajralib boshqasiga uylansa, u xotiniga nisbatan zino qilgan bo’ladi. Xotin ham agar o’z eridan ajralib boshqasiga tegsa, zino qilgan bo’ladi.
 
                                                  ♥ † ♥ † ♥ † ♥
 
~Matto 5:31-32~
 
Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajralmoqchi bo’lsa, unga taloq xatini yozib bersin”. Lekin Men sizga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab bilan xotinidan ajralsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajralgan xotinga uylansa, zino qilgan bo’ladi”.

No comments:

Post a Comment