Wednesday, April 3, 2013

Kechirim - uni qanday qilib olsa bo'ladi?



Baxtimizga, Xudo – sevuvchi va shavqatli - bizning hamma gunohlarimizni kechirishni xohlaydi!

~2 Butrus maktubi 3:9~
9Ba’zilar o’ylaganday, Rabbimiz bergan va’dasini amalga oshirishga imillamayapti. Aksincha, U hech kimning halok bo’lishini istamay, hamma tavba qilsin, deb sabr-toqat bilan kutib turibdi.

Xudo bizni kechirishni xohlaydi, Shuning uchun U bizga kechirimni ta’minlab berdi. Gunoh uchun yagona adolatli jazo -- bu o’limdir.

~Rimliklar maktubi 6:23~
23Gunohning evazi — o’lim, Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir.

Abadiy o’lim -- bu gunohlarimiz uchun loyiqligimiz. Lekin Xudo O’zining mukkamal rejasi bo’yicha odam bo’ldi—Iso Masih (Yuhanno xushxabari 1:1,14). Iso Xochda o'ldi va bizning o’lim jazoimizni O’ziga oldi.

~2chi Korinfliklar 5:21~ bizga o’rgatadi:
“ Xudo bizni O’ziga ma’qul, solih deb bilish uchun, gunohni hech bilmagan Masihni biz uchun gunohga aylantirdi”-deb.

Iso xochda o’ldi, u bizning gunohimiz uchun to’lov berdi! Isoning o’limi Xudo bo’lib, butun dunyoni gunohlarini kechirilishini ta’minlab berdi.

~1 Yuhanno 2:2~
“ Uning O’zi yolg’iz bizning gunohlarimiznigina emas, balki butun dunyoning gunohlarini yuvish uchun qurbon bo’ldi”-deydi.

Iso o’liklar ichidan tirilib, gunoh va o’lim ustidan g’alabasini e’lon qildi (1chi Korinfliklar maktubi 15: 1-28). Xudoga ming shukurlar bo’lsinki, Iso Masihning o’limi va tirilishi orqali, Rimliklar maktubi 6:23 misra o’z davomiga ega “ … Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir”.
Gunohlaringiz kechirilishini xohlaysizmi? Mana shu aybdorlik hissiyoti bormi sizda? Siz gunohlaringizni kechirilishini qabul qilishingiz mumkin, agar Iso Masihga o’z Qutqaruvchingiz, deb ishonsangiz va qilgan barcha gunohlaringizga tavba keltirsangiz.

~Efesliklar maktubi 1:7~ da yozilgan:
“Uning O’g’li esa qonini to’kib, bizning gunohlarimizni yuvdi. Xudoning bu cheksiz inoyati tufayli biz barcha aybu gunohlarimizdan forig’ bo’ldik”.

~Yuhanno Xushxabari 3:16-17~ ajoyib maktubdan iboratdir :
“Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona o’g’lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin. Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O’g’li orqali qutqarish uchun O’g’lini dunyoga yubordi”.

No comments:

Post a Comment