Thursday, April 4, 2013

Iso Masihning Parvadigorga ibodat qilish haqidagi o'giti!


~Matto 6:5-15~

Ibodat qilayotganingizda, odamlarga ko'rinish uchun ibodatxonalarda va ko'cha burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko'radigan ikkiyuzlamachilarga o'xshamanglar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar.
Sen esa ibodat qilayotganingda o'z hujrangga kir va eshikni berkitib, yashirin bo'lgan Otangga ibodat qil. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi.
Ibodat qilayotganingizda, majusiylar kabi ortiqcha so'zlarni takrorlab turmanglar. Ular: ko'p so'zlasam, ibodatim ijobat bo'ladi, deb o'ylaydilar. Ularga o'xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so'rashingizdan oldin biladi.
Sizlar esa bunday ibodat qilinglar:
Bizning osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas isming ulug'lansin.
Sening Shohliging kelsin.
Osmonda bo'lgani kabi, erda ham Sening irodang bajo kelsin.
Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.
Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
Bizni vasvasaga duchor qilmagin, ammo yovuz shaytondan xalos qilgin.
Saltanat, kuch-kudrat va shon-shuxrat to abad Senikidir.
Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi.
Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi

No comments:

Post a Comment