Wednesday, April 3, 2013

Kechirish - nahotki bu oddiy bo'lsa?

 

 
Ha, bu shunday! Siz Xudoda kechirimga sazovor bo’lolmaysiz. Kechirimni sotib olish mumkin emas. Siz uni faqat iymon orqali ololasiz, Xudoning iltifoti va marhamati tufayli.
 
~Efesliklarga 2:8-9~
8Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu – Xudoning in’omi, sizning yutug’ingiz emas. 9Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin.
 
Agar siz Iso Masihni o’z Qutqaruvchingiz, deb qabul qilishni xohlasangiz va Xudodan gunohlaringiz kechirilishini olishni xohlasangiz, keyingi ibodatni ayting. Esingizda bo’lsin—ibodatni o’zi najotga olib kelmaydi, faqat Iso Masih gunohlarimiz kechirilishini ta’minlab berganiga ishonsakgina qutqarilamiz.
 
~Rimliklarga 4:1-3~
1Xo’sh, bobokalonimiz Ibrohim, deylik, ajdodidan nima orttirdi? 2Agar Ibrohim savob ishlari tufayli o’zini oqlaganida edi, maqtanish uchun sabab topar edi. Biroq Xudo oldida maqtanib bo’lmaydi 3Mana Tavrotda ne deyilgan: “Ibrohim Xudoga ishondi va shu tariqa oqlandi”.
 
Bu ibodat -- Xudoga ishonishingiz va U sizga najotni ta’minlab berganiga minnadorchilik bildirishingizni bir usuli.
“Xudovandi! Men bilaman Sizning ko’z oldingizda gunoh qildim va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih menga tayyorlangan jazoni O’ziga oldi, Unga imonim orqali kechirim olishim uchun. Men gunohimni Sizga beraman va Siz-- mening najotim ekanligizga ishonaman. Rahmat Sizga menga bo’lgan iltifotingiz va kechirimingiz uchun, Omin!”

No comments:

Post a Comment