Wednesday, April 3, 2013

Qobil va Hobil

 
Siz Qobil va Hobil haqidagi hikoyani yoshligingizdan yaxshi bilsangiz kerak. Qobil va Hobil, Odam Ato va Momo Havoning o’g’illari bo’lib, Hobil – molboqar-cho’pon, Qobil – bog’bon bo’lishadi. Lekin menda doim savol tug’ilgan, nima uchun Parvardigorga Qobil va Hobil qurbonlikka keltirgan ne’matlarini taqdim etishganda, Parvardigor Otamiz Hobilning ne’matiga marhamatlik bilan nazar soladiyu, lekin Qobilnikiga marhamat bilan qaramaydi?!
Buning mag’zini chaqishimizdan oldin, Odam Ato va Momo Havoni BIRINCHI gunoh qilganligini eslaylik. Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishgandan so’ng, o’zligini yolong’och his qilib, anjir yaproqlari bilan uyatli joylarini berkitishadi. Agar Bibliyani “Ibtido 3:21” oyatini uqisangiz: 21Odam Ato va uning xotini uchun, Parvardigor Otamiz qo’y terisidan kiyim-kechak yasab, ularni kiyintirib qo’yadi. Ko’rib turganingizdek, Parvardigor Odam Ato va Momo Havoga qo’yni terisidan kiyim qilib beradi. Ularning gunohi deb, ularning uyatli joyini berkitish uchun qo’zi qurbon buladi. Qo’zining terisidan qilingan kiyimlar esa, Odamga va Momoga, Xudoga qarshi qilib qo’ygan gunohlarini eslatib turuvchi ramz buladi. Ular shu kiyimlariga qarab, o’z gunohlari uchun jonzot jon berganini eslab turishadi.
 
Endi o’zingiz o’ylang, butun yer yuzida faqat Odam va Momo bo’lishgan, ular 2 o’g’il ko’rishgandan so’ng, o’g’illariga, Parvardigorga qarshi gunoh qilib qo’yishganini, va shu gunohi evaziga qo’y qurbon bo’lib, o’z terisini berganligi haqida gapirib bersihgan bo’lsa, ajab emas. Masalan, har birimizning ota-onamiz o’z tarixlarini bizga gapirib berishadi, ota-onamiz o’tmishda qilgan gunohlarini, biz qilmasligimiz uchun bizga maslahat berishadi, shunday emasmi?!
Hobil o’z gunohlari evaziga jon qurbon bo’lishi kerakligini, va shu Xudoning marhamatiga yagona yo’l ekanligini iymonan tushunib itoat etadi va shu iymoni tufayli Parvardigor uchun eng sara qo’yini qurbonlik uchun keltiradi. Qobilning tutgan yo’li esa, Xudoning qonuniga iymonan itoat etish o’rniga, o’z qoidasi bo’yicha Xudoning marhamatiga ega bo’lmoqchi bo’ladi. Qobilning qalbida iymon bo’lmaydi. Savatiga tergan sara mevalar Qobilning ko’ziga qoniqarli ko’rinsada, Xudo uchun qoniqarli bo’lmaydi. Xudo Qobilning mevalarini qabul qilmaydi...Natijada Qobil g’azablanadi, hasad qiladi va dalaga ukasi Hobilni olib borib o’ldiradi!!!
 
~1 Yuhanno 3:12~
12Yovuz shayton zoti bo’lgan Qobilga o’xshamaylik. U o’z ukasini o’ldirgandi. Nima uchun ukasini o’ldirdi? Chunki uning ishlari qabih, ukasining ishlari esa to’g’ri edi.
 
Endi sizga savol, Siz ham Xudoning marhamatiga Qobil kabi o’z yo’lingiz bilan erishmoqchimisiz?! Sizningcha, dinlarga ergashib, savob ishlar orqali Xudoni qoniqtiraman deb o'ylaysizmi?
 
Hobilning keltirgan qurbonligi, “Qu’zi” – Bu Iso Masihning ramzidir!
Qobilning “Savatdagi Mevalari” – Bu dunyodagi Dinlar va Savob ishlardir!
 
Parvardigor bizga Ilohiy Qo’zi berdi – Iso Masih, shu orqali gunohlarimizdan qutqarilishimiz uchun. Lekin insonlar Xudoga va Uning bizni Qutqara olish qudratiga iymonan ishonish va suyanish o’rniga, ular Qobilga uxshab, o’z yo’lim bilan o’zimni qutqaraman deb savat ko’tarib, meva terib yurishibdi. Ular Xudoga IYMONAN suyanish o'rniga, Din va Diniy qonun-qoidalarga IYMONAN suyanishyapti.  Bir narsani unutmang, Agar uyni Xudovant qurmasa, quruvchi bekor ishlaydi. Agar shaharni Xudovant qo'riqlamasa, qorovul bekorga tungi uyqudan qoladi.
 
Biz o’zimizni o’zimiz savob ishlar orqali gunohlardan qutqara olmaymiz, hamda savob ishlarimiz bilan Xudoni qoniqtira olmaymiz! Bizning savob ishlarimiz Xudo uchun hayz lattalari kabidir (Ishayo 64:6)
Ba’zi Islomiy dindorlardan, nima uchun Xudo Hobilning ne’matiga marhamat bilan nazar soladiyu, Qobilnikiga esa yo'q, degan savolimga quyidagicha javob berishgan, “Chunki Hobil chiroyli qo'y keltirgan, Qobil esa chirigan mevalar keltirgan deb”…. Yo’q, bu noto’g’ri javob, gap ne’matda emas, gap Xudoga bulgan qalbdagi iymon- ishonchda, qalbingizda Xudoga iymon-ishonch bulmasa, lekin Xudoga keltirgan ne’matingiz chiroyli bu’lsa, siz o’zingizni o’zingiz ahmoq qilyapsiz. Xudoni aldab bulmaydi, Xudo bizni tashqi qiyofamiz orqali emas, ichki qalbimiz orqali kuradi. Xudoga ichi qora qalb bilan, chiroyli qo’zi keltirishimiz, xuddi ahlatni ustiga atir sepgandek gap. Axlat ustiga qancha atir sepmang, axlat axlatligicha qoladi, ya’ni qora qalb bilan qancha qo’zi qurbon qilmang, Xudo oldida oqlanmaysiz, balkim o’sha Qora qalb bilan qolaverasiz. Hamma gap qalbdagi pok Iymonda!
 

~ Ibroniy 11:4 ~
4 IYMONi tufayli Hobil Xudoga Qobildan ko'ra yaxshiroq qurbonlik keltirdi. Xudo Hobilning qurbonligidan mamnun bo'lib, Hobilni IYMONi tufayli solih kishi deb, qabul qildi. Hobil o'lgan bo'lsa ham, uning IYMONi hanuz bizga namuna bo'lib xizmat qilyapti
 
 

No comments:

Post a Comment