Monday, April 8, 2013

MASAL: Choy chashkasining hikoyasi!

 

Bir jiftlik bo’lgan ekan, ular Angliyaning antikvar do’konlariga xarid uchun borib turishar ekan. Ikkalasi kulolchilik va antikvar buyumlarni, ayniqsa “chashkalar”ni sotib olishni yoqtirishar ekan. Bu ularning to’yining 25 yillik kuni  bo'lgan ekan.
Bir kuni ular to'yining yilligini nishonlash uchun, shahar aylanib, bir antikvar do’koniga kirishibdi va shu juftlikni ko'zlari bir chiroyli chashkaga tushibdi. Ular sotuvchidan so’rashibdi:
-          Chashkani olib ko’rsak maylimi? Bunday ajoyib naqshga ega chashkani ko’rmaganmiz – debdi er-xotin.
Sotuvchi chiroyli naqshli chaskani er-xotinning qo’liga tutqazar ekan, chashka tilga kiribdi:
-          Bilasizmi, men doim ham bunday chiroyli va naqshli chashka bo’lmaganman. Shunday paytlar bo’lganki, men bir qizil, shaklsiz loy edim. Meni Egam meni  olib, rosa dumalatganlar, so’ngra qo’llariga olib silab shakl berganlar, va shu holat takror va takror sodir bo’lgan, shunda men egamga: “Meni qo’yib yuboring” deb qichqirganimda, Egam jilmayib, “Yo’q, hali vaqti emas” deb javob berganlar.
So’ngra Egam meni aylanadigan g’ildirakka qo’yib, meni rosa aylantirganlar…” - deb chashka gapirishni davom etibdi.
 
-          Men esa egamga baqirib yolvorardim, “To’xtating, bu g’ildirakda aylanaverib, aylanaverib, boshim aylanib ketdi”, Egam esa boshlarini qimirlatib, “Yo’q, hali vaqti emas” deb javob berardilar.
Keyin Egam meni pechkaga qo’ydilar, umrimda bunday baland temperaturadagi issiqlikni his qilib ko’rmaganman… Men esa bilishni hohlardim, nima uchun Egam meni issiqda kuydirib pishiryaptilar? Va pechkadan chiqazishlarini so’rab, pechka eshigini urib baqirardim. Pechka eshigi orqali Egamni boshlarini qimirlatib, yana “Yo’q, hali vaqti emas” deyishlarini ko’rardim.
Nihoyat, Egam eshikni ochib, meni pechkadan chiqazdilar va tokchaga sovushim uchun qo’ydilar. “Voy mana buni mazza desa bo’ladi” deb, hikoyasini davom ettiribdi choy chashkasi.
 
-          So’ngra Egam meni cho’tka bilan tozalab, butun tanamga mo’y qalam bilan rang berdilar. Rangni hidi juda jirkanchli edi. Hididan hushimdan ketaman deb o’ylardim va Egamga baqirib yolvorardim, “Bas qiling, iltimos”, lekin Egam “yo’q, hali vaqti emas” deb javob berar edilar.
Kutilmaganda, Egam yana meni pechkaga qo’ydilar. Lekin bu pechka birinchi pechkaga umuman o’xshamas edi, bu pechka ikki marotaba issiqroq edi. Bu pechkada nafasim qisilishini aniq bilar edim. Men iltijo qilardim, baqirardim, yig’lardim. Lekin pechka eshigi orqali Egamning boshlarini qimirlatib, “Yo’q hali vaqti emas” deyishlarini ko’rardim.
Shunda hech qanday umiq yo’qligini, bu pechkadan hech qachon tirik chiqib ketmasligimni tushunib, endi yengilmoqchi bo’lganimda, pechka eshigi ochilib, Egam meni pechkadan chiqazdilar va tokchaga sovushim uchun qo’ydilar.
 Oradan 1 soat vaqt o’tgach, Egam qo’limga oyna tutqazib, “O’zingga bir boq endi” dedilar. Men oynaga boqdim va hayratdan: “Bu men emas, bu men bo’lishim mumkin emas. Buni chiroyligini. Men chiroyliman” – deb quvonchdan baqirib yubordim.
 Keyin Egam menga shunday dedilar:
 
-          Bir narsani yodingda tutishingni istayman. Ha, bilaman, seni dumalatib, silab shakl berganimda, joning og’ridi, lekin seni yolg’iz qoldirganimda, qurib qolar eding. To’g’ri, g’ildirakda aylanib, boshing aylanib ketdi, lekin gildirakka qo’yib aylantirmaganimda, parchalanib ketar eding. Bilaman, pechkaning yoqimsiz issiqligida o’tirib, joning og’riganini, lekin pechkaga qo’yib pishirmaganimda, tanangga yoriq hosil bo’lar edi.  Bilaman, seni cho’tkalaganimda va bo’yaganimda, bo’yoq hidi yoqimsizligini, lekin shunday qilmaganimda, jussang qotmas edi, hamda hayoting ranglardan iborat bo’lmas edi.
Ikkinchi pechkaga seni solmaganimda, uzoq vaqt yashamas eding, jussangni qattiqligi uzoq vaqt bardosh bermas edi. Mana endi sen – Yakunlangan mahsulimsan. Sen bilan ishlashni boshlashdan oldinoq, seni yakuniy natijangni hayolimda tassavur qilganman.
 
                                      ♥ † ♥ † ♥ † ♥
 
Xulosa: Parvardigor bizning Kulolimiz, biz esa Uning loyimiz. Biz Uning qo’llarining ijodimiz.
Hayotimiz davomida, qiyinchiliklarga yuzma-yuz kelamiz. Parvardigor shu qiyinchiliklar orqali bizni ruhan va jismonan tarbiyalaydi. Hayotning qiyinchiliklari, Xudoning asboblaridir, shu asboblar orqali Xudo bizga shakl (xarakter) beradi, tarbiyalaydi. Bizni sabr-toqatli, dono qiladi.
 
~ Isa 64:8 ~
Ammo endi Sen bizning Otamizsan, ey Egamiz! Biz loymiz, Sen esa kulolsan. Hammamiz qo’llaringning ijodimiz!


No comments:

Post a Comment