Injilning Korinfliklarga maktubini o'qisangiz, Pavlus Iso Masihni "Ikkinchi Odam Ato" deb ataydi, nimaga?
Ko'pgina boshqa din vakillari bilan suhbatlashganimda, ular shu oyat ustida men bilan bahslashib, tortishishadi. Ular Iso Masihni Xudoning Asl O'zi ekanligiga ishonishmaydi, balkim Iso Masih, Odam Ato kabi tuproqdan yaralib, Alloh unga "Bo'l" dedi va U bo'ldi deb takror takror aytishadi va Pavlusning shu oyatini misol qilib keltirib, o'zligini xaq ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi.
Birinchidan, biz Masihiylar Alloh Xudosiga iymon keltirmaymiz. Bizning Xudoimiz, Ibrohim, Isoq, Yoqubning Xudosi (Yahweh)dir.
Ikkinchidan, Iso Masih tuproqdan yaralmagan. U samodan bu dunyoga Maryam orqali tushgandir.
Injilni o'qiganingizda, bitta oyatni maqsadini tushunish uchun butun bo'limni o'qishimiz kerak.
Keling Pavlus Korinfliklarga yozgan birinchi maktubining 15-bo'limini to'liqroq ko'rib chiqamiz, nima sababdan Pavlus Iso Masihni "Ikkinchi Odam Ato" deb atagan ekan???
~ 1 Korinfliklarga 15:45-49 ~
45Tavrotda yozilishicha: «Birinchi odam – Odam ato tirik badan bo’ldi». Oxirgi Odam esa hayotbaxsh Ruh bo’ldi.
46Ko’ramizki, birinchi navbatda ruhiy emas, moddiy badan keladi. Ruhiy badan keyinroq keladi.
47Birinchi odam yer tuprog'idan paydo bo’lgan, ikkinchi Odam (Rabbimiz Iso) esa Samodandir.
48Tuproqdan yaralgan ilk odam qanday bo’lsa, boshqa odamlar ham Shundaydir. Samoviy Odam qanday bo’lsa, samoviylar ham Shundaydir.
49Biz tuproqdan yaralgan odamga qanday o’xshasak, samoviy Odamga ham Shunday o’xshab ketamiz
Pavlus ushbu oyatlarida ikki hil badan borligini va shu badanning farqini aytib beryapti, moddiy badan va ruhiy badan!
~Ibtido 2:7 ~ oyatida Parvardigor Egamiz Odam Atoni qanday qilib tirik jon qilib yaratgnalari haqida yozilgan:
7Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog'idan Odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi.
Odam Ato davridan berin, har bir inson tirik (moddiy) badanga egadir. Biz barchamiz moddiy badan bilan tug'ilganmiz, chunki barchamiz Odam Atoning avlodidanmiz. Biroq, oxirigi Odam yoki "ikkinchi Odam" - Iso Masih, "Hayotbaxsh Ruhdir". Xuddi Odam Ato insoniyatning Birinchisi bo'lgani kabi, Iso Masih o'limdan so'ng, abadiy hayotga (Samoviy badanda) tirilganlarning Birinchisidir. Chunki Masih o'limdan tirildi, U yangi borliqqa kirgan "hayotbaxsh Ruhdir"... U Ruhiy hayotning asosidir, va Unga iymon keltirganlar, U orqali tirlishadi. Iso Masihning yangi, ulug'langan tanasi endi Uning yangi, ulug'langan, Ruhiy hayotiga mosdir - xuddi Odam Atoning moddiy jismi moddiy hayotga (Yerga) mos bo'lgani kabi.
Masihga iymon keltirganlar qayta tirilishganda, Parvardigor Ota ularga abadiy hayotga mos bo'lgan yangidan tuzilgan, abadiy jism beradilar.
Pavlus 46-oyatda birinchi moddiy, keyin ruhiy jism kelishini aytadilar. Odamlar birinchi moddiy hayotga birinchi kelishadi, ya'ni ular yerga tug'ilib, shu yerda yashashadi. Shu moddiy hayotdan yashab o'tishgandan so'ng, ularga ruhiy hayot taqdim etiladi (agar Masihga iymon keltiruvchi bo'lishsa).
Iso Masih Odam Atodan avval ham abadiy bo'lib kelgan va abadiy bo'lib keladi, Iso Masihni ikkinchi odam, ikkinchi Odam Ato deb atashlariga sabab, Iso yer yuziga samodan Odam Atodan so'ng, bir necha yil o'tib kelganligi sabablidir. Masih chaqaloq bo'lib, inson tanasida yer yuziga keladi, lekin U Odam Atoga o'xshab, yer tuprog'idan yaralmagan. Biz insonlar ota-onamizning urug'idan yaralganmiz, Iso Masih esa urug'dan yaralmagan! U "Samodandir"!
Pavlus davom etadi:
48Tuproqdan yaralgan ilk odam (Odam Ato) qanday bo’lsa, boshqa odamlar ham Shundaydir. Samoviy Odam (Iso Masih) qanday bo’lsa, samoviylar ham Shundaydir.
49Biz tuproqdan yaralgan odamga qanday o’xshasak, samoviy Odamga ham Shunday o’xshab ketamiz.
Barcha insoniyat Odam Atoga bog'liq bo'lganligi sababli, insonlar Odam ato kabi yerli (moddiy) jismga egadir. Yerga oid jismlar, yer hayotiga mosdir va ularning tanasi, Odam Atoning yer yuziga keltirgan birinchi gunohi evaziga kelgan o'lim, kasallik va kuchlizlik bilan chegaralangandir.
Ajoyib Xushxabar shundaki, iymonlilar ikkilanmasdan shuni aniq bilishlari mumkinki, endi ularning tanasi ham Masihning tanasi kabi halok bo'lmaydigan, abadiy, ulug'langan, va kuchga to'la bo'ladi. Xozir bir barchamiz, Odam Ato kabidirmiz, bir kun barcha Masihga iymon keltiruvchilar, Masih kabi bo'lur.
~ Fillipiliklarga 3:21 ~
21Har narsani bo’ysundirish kuchiga ega bo’lgan Rabbimiz Iso Masih kelganda, xuddi shu kuchning ta’siri bilan bizning ojizu foniy tanamizni O’zining ulug’vor tanasiga o’xshatib o’zgartiradi.
Yuhanno havoriysi iymonlilarga shunday deydi:
~ 1Yuhanno 3:2 ~
2 Ey mahbublarim, hozir biz Xudoning bolalari bo’lsak-da, kelajakda nima bo’lishimiz noaniq. Faqat shuni bilamizki, Iso Masih zohir bo’lganda, biz U singari bo’lamiz; U qanday bo’lsa, Shunday holda ko’ramiz.
No comments:
Post a Comment