Wednesday, April 17, 2013
Iso Masih va "Din" orasidagi farq va qarama-qarshilik...
Ko'pgina insonlar bilan Iso Masih haqida gaplashganimda, ular turli xil fikrlari bilan bo'lishishdi, kimlardir Iso Masihni musulmon dedi, kimdir Iso Masihni bu dunyoga "Din" yaratgani kelgan dedi, shundaylar ham bo'ldiki, Iso Masihni Islom dinini olg'a surish uchun kelgan deb aytishdi!
Aziz birodarlarim, afsuski bu hamma firklaringiz noto'g'ri, birinchidan, Iso Masih musulmon emas, U Isroilda tug'ilgan - yahudiydir.
Ikkinchidan, Iso Masih bu dunyoga Din yaratgani ham kelmagan, Islom Dinini olg'a surish uchun ham kelmagan, balkim dunyodagi barcha Dinlarni vayron qilish uchun kelgan. Agar Injilni ochib o'qisangiz, Iso Masih Injil oyatlarida Diniy Ulamolardan ehtiyot bo'lishni nasihat qiladi:
~ Mark 12:39-40 ~ va ~ Luqo 20:45-47 ~
39Uzun kiyimlar kiyish, xalq yig'inlarida alik olish, ibodatxonalarda hurmatli o'rinda va ziyofatlarda to'rda o'tirishni yaxshi ko'radigan ulamolardan ehtiyot bo'linglar! 40 Ular beva ayollarning uy-joylarini shilib, xo'ja ko'rsinga uzoq duo o'qiydilar. Mana shular og'irroq jazoga duchor bo'ladilar.
~ Matto 23:13 ~ oyatida Iso Masih Diniy ulamolarga shunday deydi:
13Ey ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar.
~ Matto 23:27-33 ~
27Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar tashqaridan chiroyli ko'rinadigan, lekin ichi o'liklarning suyaklari va har xil qabihliklarga to'la, ohaklangan qabrlarga o'xshaysizlar. 28Garchi tashqaridan insonlarga mo'min ko'rinsangizlar ham, lekin ichlaringiz ikkiyuzlamachilik va yomonlikka to'ladir". 29"Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Chunki sizlar payg'ambarlarga maqbara qurib, aziz-avliyolarning yodgorliklarini bezab yuribsizlar. 30"Agar ota-bobolarimiz davrida yashaganimizda, biz payg'ambarlarning qonini to'kishda ularga hamkorlik qilmas edik", - deysizlar. 31Bu bilan siz o'zingizni o'zingiz inkor etib, payg'ambarlarni qatl qilganlarning o'g'illari ekagingzni o'zingiz tasdiqlab turibsiz. 32Qani, ota-bobolaringiz boshlagan ishni bitirib qo'ymaysizlarmi?! 33Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-ey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?
Ko'rib turganingizday, Iso Masih Dindan nafratlangan!
Iso Masih umuman Dinni olg'a surmagan, balkim Xudoga bo'lgan xaq va yagona yo'l, O'zi ekanligini takror va takror aytgan.
~ Yuhanno 14:6-7 ~
6Iso unga dedi: Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi. 7Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon Uni bilasizlar, Uni ko'rgansizlar.
Iso Masih va Din o'rtasidagi farq juda katta!
Din insonlarga shunday deydi: "Agar sen bizning kitobdagi barcha qonun-qoidalarni, urf-odatlarni bajarsang, shundan keyingina sen Xudoning sevimli bandasiga aylanasan"...
Endi tassavur qiling, sizning farzandingiz bor, farzandingizga: "Bolam, agar sen mana bu qonun-qoidani bajarsang, shundan keyingina sen mening sevimli farzandim bo'lasan, shundan keyin men seni adang bo'laman" deysizmi? Axir bu shafqatsizlikku!!!
Iso Masihning qurbonligi bizga shuni namoyon qiladiki, Parvardigor bizni birinchi bo'lib sevdi, shuning uchun ham bizni va butun dunyoni yaratdi!
~ 1 Yuhanno 4:19 ~
19 Biz Uni sevaylik, chunki avval U bizni sevdi.
U bizni sevmaganida, butun koinotni, yerni, insonlarni yaratmagan bo'lar edi! U biz insonlarni barchamizni teng sevadi! Insonlarning qonun-qoidani bajarishi, ularni Xudoning oldida oqlamaydi, chunki "Diniy qonun-qoidalar" insonlar tomonidan jismonan bajariladi, lekin ruhan bajarilmaydi! Qalbimiz, fikrlashimiz gunohga to'la bo'la turib, jismonan qonun-qoidani bajarishimiz, ikkiyuzlamachilik emasmi? "Diniy qonun-qoidalarni" bajarish bizni Xudoning oldida oqlamaydi, balkim gunohkor ekanligimizni yanada fosh qiladi.
Xudo bizni qalbimiz, fikrimiz orqali biladi. Qalbimiz, niyatimiz kir bo'lsayu, lekin sirtdan qonunni bajarsak, bu kimga kerak?!
~ Galatiyaliklarga maktub 3:10-11 ~
Ilohiy Qonunga amal qildim, deb o'zini oqlamoqchi bo'lgan barcha kishilar la'nat ostidadirlar. Chunki Tavrotda Shunday yozilgan: "Qonun kitobining har bir amrlariga qattiq rioya qilmaydigan barcha la'nati bo'ladi". 11 Shunday ekan, Ilohiy Qonunga amal qilish bilan hech kim Xudo oldida o'zini oqlayolmasligi aniqdir. Tavrotda yozilganidek: "Imoni bilan oqlangan kishi yashayveradi". 12 Qonunga amal qilish esa imonga bog’liq emas, aksincha, Tavrotda: “Bu buyruqlarni bajo keltirgan kishi shu bilan yashayveradi”, deb yozilgan.
13 Masih esa biz uchun la’natlanib, bizni Qonun la’natidan xalos qildi, xuddi Tavrotda yozilganidek: “Yog’ochga osilgan har bir kishi la’natidir”.
14 Shu yo’sin Xudo Ibrohimga va’da qilgan qut-barakalar Iso Masih orqali majusiylarga ham nasib etdi, biz imonimiz tufayli Xudo va’da bergan Muqaddas Ruhni qabul qildik.
Diniy qonun-qoidalarni bajarish bizni Xudoning oldida oqlamaydi, balkim gunohkor ekanligimizni yanada ravshan ko'rsatadi:
~ Rimliklarga 7:7-11 ~
7Xo'sh, nima deylik? Nahotki Ilohiy Qonun gunohga bois bo'ldi? ⠠ Aslo! Ammo agar Qonun vositachi bo'lmasa edi, men gunohni bilmagan bo'lar edim. Qonun "tamagirlik qilma" deb buyurmaganda edi, men tamagirlikni bilmas edim. 8Shu tariqa gunoh amr orqali bahona topib, mening yuragimda turli tamagirlikni hosil qildi. Qonun yo'qligida esa, gunoh kuchsizdir. 9Bir vaqtlar men o'zim Ilohiy Qonundan tashqarida bo'lib yashar edim. Ammo ongimda amr tug'ilgach, gunoh tirildi, 10men esa o'ldim. Hayot uchun bo'lgan amr mening o'limimga sabab bo'ldi. 11Chunki gunoh amr orqali bahona topib, meni aldadi, amr orqali meni o'ldirdi!
Xudo "10 ta Ilohiy Qonun"ni, biz insonlar, gunohkor ekanligimizni tushunishimiz uchun berdi. Biz insonlar, Cheksiz Xudoning "10 ta Ilohiy Qonun"nini to'la-to'kis, ham ruhan, ham jismonan bajara olmaymiz! Chunki biz Qonunni Jismonan bajarsakda, ruhan gunoh qilib qo'yamiz!
~ Yoqubning 2:10 ~ oyati shunday deydi:
10Kimki Ilohiy Qonunning hamma amrlariga rioya qilsa-yu, faqat bir narsada gunoh qilsa, u butunlay gunohkor bo'lib qoladi.
Dindor ulamolar shunday deb, insonlarni ikki tabaqaga ajratadi:
- "Dunyoda ikki xil insonlar mavjud:
1) Yaxshi insonlar;
2)Yomon insonlar.
1) Yaxshi insonlar, menga o'xshaydi, ya'ni dindor, barcha qonun-qoidalarni to'la-to'kis bajaradi, diniy kitoblarni yoddan biladi.
2)Yomon insonlar esa, menga qarama-qarshi bo'lganlardir!
Lekin... Iso Masihning Qurbonligi esa bizga shuni o'rgatadi:
Dunyoda 2 xil inson mavjud.
1) Gunohlariga Pushaymon qilganlar;
2) Gunohlariga Pushaymon qilmaganlar.
Biz hammamiz yomon (gunohkor) insonlarmiz, bir-birimizdan farqimiz, ayrimlarimiz Iso Masih nomi bilan gunohlarimizga pushaymon yeb, tavba qilganmiz, ayrimlarimiz esa YO'Q!
Iso Masih yer yuziga kelganida, U fohishalik, aroqxo'rlik, o'g'rilik va hokazo gunohiga botgan insonlar oldiga borib, ularning "Gunohkor banda" ekanligini aytganida, ular Iso Masihga javoban: "Siz xaqsiz, gunohlarimizdan qanday qutulsak bo'ladi? Yordam bering" deb yolvorishgan.
Iso Masih so'ngra eng Dindor Ulamolar, Farziylar oldiga borib, ularga ham "Gunohkor banda" ekanliklarini aytganida, Dindor ulamolar, Isoga javoban: "Qanday xaqqing sig'di bunday deyishga, biz Ilohiy qonunlarni bajaradiganlardanmiz, san Shaytoniysan, san gunohkorlar bilan do'st tutingansan, biz YAXSHILARMIZ, ular esa YOMONLARDIR, sen ham yomonlardansan, sen bizdan emassan, chunki qonunimizni buzding, o'limga loyiqsan"- deyishgan! Mana bu Dindir! Chunki "Din" insonni "Yaxshi va Yomon" tabaqaga ajratadi, Masihning Qurbonligi esa "Pushaymon yeb, Tavba qilgan va Tavba qilmagan"larga ajratadi. Yana bir narsani unutmayllik,Gunohsiz bo'lgan Iso Masihni xochga mixlatganlar ham, Diniy Ulamolar va Farziylar bo'lishgan! Xozirgi kunga nazar solsangiz, Iso Masihning Xushxabarini tarqatayotgan odamlar ham, Dindorlar tomonidan o'ldirtirilib yuborilyapti.
Din Jannatga kirish uchun, "Nimalar qilish zarur va Nimalar qilmaslik kerak" degan qonun-qoidalarga boy ro'yhatni tuzishni yaxshi ko'radi. Din bizni quvonchga ham, kamtarlikka ham yetaklamaydi. Din uzun qonun-qoidali ro'yhatdan tarkib topgan bo'lib, agar siz barcha qonun-qoidalarni bajarib borsangiz, siz kamtarin emas, balkim kekkaygan, o'zini haq va yaxshi inson deb hisoblaydigan G'URURLI munofiqqa aylanasiz! Siz o'zingizni hammadan ustun va yaxshi deb hisoblaydigan bo'lasiz! G'urur insonni Xudodan ajratadi va o'ldiradi, Shayton ham Xudoning oldida G'ururli bo'lgani uchun, Xudoning Shohligidan haydalgan. G'urur orqali qalbimizda gunoh paydo bo'ladi, Xudo bizni kamtarin bo'lishimizni istaydi. Shuning uchun ham U O'zi bizni gunohlarimizdan qutqardi:
~ Efesliklarga 2:8-9 ~
8Ha, sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu -Xudoning in'omi, sizning yutug'ingiz emas. 9Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin.
Dinga ergashgan odam, Xudoga emas, o'zi uchun xizmat qiladi. Ya'ni, men qanday qonun-qoidalarni bajarishim kerakki, o'z kuchim bilan Jannatga kirsam deb o'ylaydi! Lekin bir narsani tushuning, siz bunday fikringiz bilan o'zingizni Xudodan ustun qo'yyapsiz! Men Xudoning yordamisiz ham, diniy qonun-qoidani bajarib, Jannatga kira olaman deb, o'zingiz bilmagan holda G'ururlik qilyapsiz! Bu gunoh! Xudo Cheksizdir! Insoniyat esa cheklangan! Sizning bajargan Qonun-qoidangiz, savob ishlaringiz ham cheklangandir! Xudo sizni jismonan bajaroyotgan amalingizga emas, balkim ruhan itoat etishingizni istaydi! Siz Xudoga "Ruhan" itoat qilasizmi?
~ Yuhanno 4:24 ~
24Xudo - Ruhdir, Unga topinuvchilar esa Ruh va haqiqat bilan topinmoqlari lozim.
Iso Masihning ergashuvchisi esa, o'ziga emas, Xudoga xizmat qiladi. Ya'ni, Masih bizning gunohlarimiz uchun qurbon bo'ldi, bizni gunohlardan ozod qildi, va shu orqali Xudoning insoniyatga bo'lgan muhabbatini namoyon etdi, toki biz Xudoning bizga bo'lgan Otalik sevgisini qalbdan his qilib, Unga qalban va ruhan xizmat qilaylik! Hali ham kech emas, Iso Masih yagona Qutqaruvchi! Biz insonlar gunohkormiz, shuning uchun ham dunyoda O'lim mavjud!
~ Rimliklarga 6:23 ~
23Gunohning evazi - o'lim, Xudoning in'omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir.
Iso Masihni hayotingizga taklif qiling, chunki U qalbingiz eshigini taqillatyapti va Parvardigorning abadiy hayotiga erishing!
~ Vahiy 3:20 ~
20Mana, Men eshik oldida turib taqillatyapman. Kimda-kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men uning yoniga kiraman; Men u bilan, u Men bilan kechki ovqatni baham ko'ramiz
Iso Masih barchamizni sevadi . Omin!
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment