Injilning Eski ahdida ko’p oyatlar ichkilikdan tiyishni m’aqullaydi:
~Sulaymonning Hikmatlari 20:1~
1 Sharob – mazahchi, aroq – janjalkash, Ularga aldanganlar nodondir. ~Ishayo 5:22~ 22 Holingizga voy, ey sharob ichishda qahramon bo’lganlar, ichkilikni aralash-quralash ichishda bahodirlik ko’rsatganlar.
Lekin Injilning Yangi Ahd kitobini o’qisangiz, masihiylarga pivo, sharob va boshqa sharob ichimlklarini ichishni taqiqlamaydi. Lekin bu degani, Masihiylar MAST bo’lguncha sharob ichishi mumkin degani emas. Aroq, sharob, pivo, vino va hokazo ichimliklarni ichish gunoh emas, MAST bo’lish gunohdir. Vaholanki, Injilning yangi ahdi sharobning foydali taraflarini ham ko’rsatib o’tadi. Misol uchun ilonning zaharini olaylik… Ilonning zahari insonni sog’lig’iga ham foydasi bor, ham zarari bor. Agar ilon zaharining ko’p miqdori bizni o’ldirishga qodir bo’lsa, oz miqdori bizni turli kasalikdan davolashi mumkin. Sharobning ham foydali tarafi bor, ham zararli tarafi bor. Injilda Rabbimiz, Masihiylar MAST bo’lishdan qochishlari kerakligini tayinlaydi:
~Efesliklarga maktub 5:18~
18 Sharob ichib MAST bo’lmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga to’lib toshinglar.
Injil mastlikni va uning natijalarini hukm qiladi:
~Sulaymonning hikmatlari 23:30-33~
30 Sharob ichishga berilganlar,
Hush hidli mayni tortib ko’rishga borgan.
31 Sharobning qizilligiga, Qadahda cho’g’day tovlanishiga,
Tekis qo’yilishiga qarama.
32 Oxirida u ilon kabi chaqadi, Qora ilonday zahar sochadi.
33 Ko’zlaring g’alati narsalarni ko’radi,
Yuragingda egri fikrlar bo’ladi.
Shuningdek Rabbimiz biz masihiylarga tanammiz ustidan boshqa bir “hokim” bo’lishiga yo’l qo’ymasliklarimizni tayinlaganlar:
~1 Korinfliklarga maktub 6:12~
12 Hamma narsa menga joiz ekan, lekin hamma narsa ham foydali emas. Hamma narsa menga joiz ekan, lekin hech bir narsa menga hokim bo’lmasligi kerak.
Ko'plar savol bilan murojaat etishgan, "Axir Iso suvni sharobga aylantirgan, Xatto Iso gohida sharob ichgan" kabi... (Matto 26:29)
Yangi Ahd paytlari suv kir bo’lgan. Hech qanday sanitariya bo’lmagan, suv turli kasallik bakteriyalari va viruslar bilan to’la bo’lgan. Agar e’tibor bersangiz, xozirgi kunda ba’zi davlatlarda suvning iplosligi tufayli xalq turli kasalliklarga chalinib, azob chekmoqda. Shuning uchun Yangi Ahd davrida odamlar har doim sharob yoki uzum sharbatini ichishni m’aqul ko’rishgan.
Timotiga 1-chi maktubida 5:23 oyatida Pavlus Timutiyga faqat suv ichmasdan, ozgina sharob ichib turish kerakligini yozgan (oshqozonida tez-tez yuz berib turadigan og’riqlari uchun) Yunoncha so’z “sharob” oddiy kundalik sharobni bildiradi. Eski paytlarda uzum sharbatini ko’pirtirishgan, lekin xozirgi bizni tushunchamiz bo’yicha sharob darajasigacha emas, lekin uzum sharbatigacha ham olib borishmagan. Yana ham, Muqaddas kitob masihiylarga ichkilik ichimliklarini ichishni taqiqlamaydi. Ichkilikni o’zi gunoh emas, MASTlik - gunohdir. Xuddi, Ovqat yeyish gunoh emas, lekin Ochopatlik (ya’ni Bo’kkuncha yeyish) – gunohdir.
No comments:
Post a Comment