Qadim zamonda bir boy bo'lib, uning 2 ta xizmatkori bo'lgan ekan. Bir kuni shu 2 xizmatkor o'rtasida "Qaysi birimiz ho'jayin uchun eng a'lo xizmatkor ekanmiz?" degan bahs paydo bo'libdi. Shu savol bilan ular ho'jaynning uyiga borishibdi va shu savolni so'rashibdi:
-"Ho'jayn, qaysi birimiz siz uchun eng a'lo xizmatkormiz?",
Ho'jayn ularga javoban:
-"Buni o'zingizlar aniqlanglar! Men sizlarni har biringizga savol beraman, haqqoniy javob beringlar" debdi.
Shunday qilib ikki xizmatkor Ho'jayning savollariga tayyor turishibdi va Ho'jayn ularga bitta bitta savol bera boshlabdi. Avval birinchi xizmatkorga shu savolni beribdi:
-"Qani aytchi, Sen Men uchun qanday xizmat qilasan?",
-"Janob, men sizning omboringiz donga mo'l bo'lishi uchun, dalalaringizda kun bo'yi mehnat qilib don ekaman", - javob beribdi birinchi xizmatkor. "Keyin esa, men uyingizning hamma xonalaridagi shamlarni moy bilan to'ldirib chiqaman, kechalari chirog'ingiz bo'lsin deb, shu xizmatlarim uchun siz menga xaq to'laysiz. Lekin umid qilamanki, bir kun kelib o'z ozodligimni o'z mehnatim bilan ishlab olaman".
Ho'jayn birnchi xizmatkorining javobini tinglab, boshini ma'yus egibdi va ikkinchi xizmatkoriga yuzlanib, unga savol bera boshlabdi:
-"Senchi, sen men uchun qanday xizmat qilasan?"
-"Janob " - deya javob berishni boshlabdi ikkinchi xizmatkor, "Men oliy ma'lumotliman. Men adabiyot, musiqa, matematika va dinniy fanlarni kuchli bilaman. Men farzandlaringizning kelajagi porloq, kelajakda dunyoning eng omadli insoni bo'lsin deb, o'zim bilgan bilimlarimni ularga o'rgatyapman. Farzandlaringiz oliy cho'qqilarga erishganlaridan so'ng, umid qilamanki, siz menga mening ozodligimni berasiz, lekin ungacha esa shu qilgan xizmatlarimga xaq to'layapsiz!"
Ho'jayn ikkinchi xizmatkorining javobini tinglab, yana boshini ma'yus egibdi va so'ngra o'zini yonida o'tirgan quliga yuzlanib, unga ham savol berdi:
-"Qani, sen men uchun qanday xizmat qilasan?"
Qul Xo'jayniga ikkilanmasdan quyidagicha javob beribdi:
- "O'zingiz bilasiz qanchalar sizni yaxshi ko'rishimni ho'jayn, meni sizga bo'lgan tilagim, sizning qanday istagingiz bo'lsa, hammasini bajo keltirishdir. Siz meni sotib olgansiz va shuni aniq bilamanki, men bir umrga sizning quilingiz bo'laman, shu sababdan menga hech qanday xaq to'lamaysiz. Lekin siz menga juda mehribon va rahmdilsiz, hamda boshqa ho'jaynlar o'z qulini urgani kabi siz meni urmaysiz. Siz dono va adolatlisiz, shuning uchun ham sizni chin dilimdan yaxshi ko'raman".
Ho'jayn Qulining javobini tinglab, jilmayibdi va shunday debdi:
-"Sen mening hamma xizmatkorlarimdan eng A'losisan, senga ozodligingni qaytarib berdim!"
Buni eshitgan ikki xizmatkor, shok holatida qolishibdi.
-"Nima uchun U?" deb baqiribdi ikki xizmatkor. "Biz unga nisbatan ko'proq mehnat qilamiz, U esa atrofingizda buyruq berishingizni kutib o'tiradi, lekin biz dalalaringizda buyruqsiz mehnat qilamiz, farzandlaringizni o'qitamiz, uyingizda nur bo'lishi uchun shamlaringizga moy solamiz. Biz to'xtamay mehnat qilamiz va shu mukofotni bizga berishingiz kerak edi!"
-"Xa!"- deya javob berishni boshlabdi ho'jayn, "Dalalarimda mehnat qilasizlar, va aytib o'tgan barcha ishlarni buyruqsiz bajarasizlar! Lekin sizlar o'sha ishlarni o'zingizning foydangiz uchun bajarasizlar, lekin bu inson yolg'iz menga xizmat qilishni istaydi, o'zining foydasiga emas! U sabr toqat bilan meni istagimdagi vazifani bajarish uchun, mendan intizorlik bilan buyruq kutadi. Uning vafodorligi hech qachon na menga va na o'ziga pand bermagan. Mana endi u o'z mukofoti, Ozodlik bilan taqdirlanadi! Men uni xizmatkorlar orasida eng yuqori lavozimga qo'yaman, toki siz unga bo'ysuning. Uning menga ko'rsatgan vafodor xizmati tufayli, balkim qul bo'lgandir, lekin u xaqiqatdan eng A'losidir!
♥ † ♥ † ♥ † ♥
♥ † ♥ † ♥ † ♥
~Efesliklarga maktub 6:6-8~
6Insonlarning ko'nglini topay, deb xo'jako'rsinga xizmat qilgan kishilar kabi emas, balki Masihning qullari kabi Xudoning irodasini chin ko'ngildan bajo keltiringlar. 7Insonlarga emas, balki Rabbingizga xizmat qilayotgandek, bajonu dil xizmat qilinglar. 8Bilinglarki, xoh qul, xoh erkin bo'lsin, har bir kishi qilgan yaxshiligiga yarasha mukofotni Rabbimizdan oladi.
P.S. Siz Parvardigorga, Uning irodasini bajarish uchun xizmat qilyapsizmi, yoki o'zingizni foydangiz uchun xizmat qilyapsizmi?
No comments:
Post a Comment