Iso Ma'bad xazinasi qarshisida o'tirib, ehson qutisiga pul solayotgan odamlarni kuzatib turdi. Ko'p boylar anchagina pul tashladilar. Bir kambag'al beva ayol ham kelib, qiymati bir tiyinga to'g'ri keladigan ikki chaqa tashladi. Shunda Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: - Sizlarga chinini aytayin, bu kambag'al beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham ko'proq pul tashladi. Chunki boylarning hammasi o'zlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Bu ayol esa kambag'alligiga qaramasdan, o'zining bor-yo'g'ini, ro'zg'origa ishlatadigan hamma pulini tashladi.
~Mark 12:41-44~
Xulosa: Ushbu masalni o'qib, barchamiz turli xulosaga kelgan bolsak kerak. Ba'zilarimizda savol tug'ilgan bo'lishi mumkin...? Ba'zilarimizda esa shunday fikr yuritganlar bo'lishi ham mumkin:
- Bu ayol beva va kambag'al bo'lgani uchun ham puli ko'p deb Xudo tomonidan qabul qilindi...
- Demak, beva va kambag'al bo'lish, bu hammadan ustun bo'lish ekand..
Yo'q, gap hayotdagi tutgan o'rnimizda emas. Gap IYMONda!!! Bu kambag'al beva ayol ro'zg'oridan bor-yo'g'ini olib Xudoga berdi, shu harakati orqali u Xudoga IYMONAN suyanishini, barakasini faqat Barhayot Xudo yetkazib berishini ko'rsatdi.
No comments:
Post a Comment