Wednesday, April 3, 2013

Butparastlik nima?

Butparastlik  - bu butlarga sig'inish, hayotimizda biror narsaning/kimsaning ashaddiy muhlisi bo'lish, biror narsani/kimsani Xudodan ortiq sevish, biror narsaga/kimsaga ehtirom ko'rsatish deganidir.

Xudovand Otamizning Ilohiy qonunlaridan biri, butlarga sig'inmaslikdir. Bu qonunni o'qishimiz bilan, hayolimizga, "Man butlarga sig'inmasam, demak bu qonunda pokman" deb o'ylayotgan bo'lsak... adashamiz! Biz o'zimiz anglamagan holda, turli xil butlarga sig'inamiz, u butlar hayotimizni o'rab olgan. Ko'zmunchoq, goroskop, qo'l telefon, pul, moda, futbol komandasi, tv, oila, farzand, uy, mashina, karyera va hokazo buyumlarga/kimsalarga ashaddiy ehtiros qo'yib, Xudodan ortiq sevsak, butparatlikda aybdordirmiz.
Qu'shiqchilarni misol qilib olaylik, Michael Jackson, Lola, Rayhon, Shahzoda va hokazo qu'shiqchilarni soatlab qu'siqlarini tinglaymiz, ularning hayoti bilan qiziqamiz, ularning surati muhrlangan maykalar kiyamiz, daftarlar, kalendarlar sotib olamiz. Ularga o'xshashga harakat qilamiz. Ular haqida nojo'ya gap gapirilsa, ularni himoya qilamiz. Ularning ashaddiy muhlisi bo'lamiz hamda ularga katta ehtirom ko'rsatamiz.
Yoki sevimli futbol komandasini misol qilib olaylik, Futbol maydoniga boramiz, usha futbol komandasi uchun pul sarflaymiz, ularning maykalarini kiyamiz, maydonga borib, olqishlaymiz.
 Agar 2000 yil oldin yashab o'tgan, Iso Masihning shogirdlari xozirgi hayotimizga paydo bo'lib qolishsa, bu holatlarni ko'rib, "Bu hayotning insonlari juda qiziq butlarni, yagona Xudoga xos bulgan cho'qqilarga olqishlab, sig'inishar ekan" deb aytishgan bo'lar edi. Biz barchamiz Xudovand Otamizning qonuni bo'yicha "butparastlik"da aybdormiz. Bir narsani unutmang, biz Shayton hukmdor bo'lgan hayotda yashayapmiz. Biz o'zimizni o'zimiz Shayton bo'gzidan qutqara olmaymiz. Inson (Iso Masih) qiyofasida, bu dunyoga bizni Shayton bo'g'zidan qutqargan, Yagona Xudovand qutqara oladi. Uning ismiga Shon-Shahraflar bo'lsin. Omin!

P.S. Xudoning ashaddiy muhlisi buling, butlarning emas!


No comments:

Post a Comment