Monday, April 15, 2013
Suzuvchi...
Ruhan tushkunlikka tushgan suzuvchi kechga tomon mashq qilish uchun basseynga kelibdi. Barcha chiroqlar o'chiq bo'lib, faqat oy nuri kechni yoritib turar edi. U basseynga sho'ng'ish uchun, eng baland sakrash doskasiga chiqib, ikki qo'lini ikki tarafga cho'zibdi. Va shu on, soyasi "Xoch" shaklini yasaganini ko'ribdi. Suvga sho'ng'ish o'rniga, u Parvardigorga ibodat qilib, uning hayotiga kelishini yolvorib so'rabdi. Kutilmaganda bir inson basseyn binosiga kirib, barcha chiroqlarni yoqibdi.
Suzuvchi tizza cho'kib, yig'lab yuboribdi.... chunki basseynning suvi ta'mirlash sababi bilan oqizib chiqarilgan ekan. ♥
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
No comments:
Post a Comment