Thursday, April 4, 2013

Iso Masihni muhtojlarga hayr-ehson berish haqidagi o'giti!


~Matto 6:1-4~

Ehtiyot bo'linglar, savobli ishingizni odamlarga ko'rinish uchun hammaning ko'z o'ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar. Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo'lsang, o'tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko'cha-ko'yda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: bular o'zlariga yarasha mukofotni olib bo'ldilar. Sen sadaqa berayotganingda, chap qo'ling o'ng qo'ling nima qilayotganini bilmasin. Ya'ni sening muruvvating yashirin bo'lsin. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi!

No comments:

Post a Comment