Saudiya Arabistonlik Faysal ismli talaba, Masihiylarning Xudosi "Uchlik" haqida ma'lumot olish uchun Masihiy Pastorga telefon qilib, u bilan uchrashuvni belgilaydi. Uchrashuv belgilangan vaqtga Faysal yetib keladi va Masihiy Pastor bilan savol-javobni boshlaydi! Arab studenti Faysalning asosiy maqsadi, Masihiylarni fosh qilish bo'lib, Pastor bilan suhbat boshlanadi.
Faysal: Siz Masihiylar 3 ta Xudoga ishonasizlar: Ota, Ona va O'g'il
Pastor: Sizni bunday deyishingizga nima majbur qildi?
Faysal: Buni hamma biladi. Buni sizlar "Uchlik" deb ataysizlar!
Pastor: To'g'ri aytdingiz, biz Masihiylar "Uchlik"ka ishonamiz, lekin bu siz o'ylaganchalik emas. Ammo bilaman, ko'p Musulmonlar "Uchlik"ni umuman noto'g'ri tushunishadi.
Faysal: Unda o'zingizni tushunchangizni, menga ham tushuntirib bering.
Pastor: Birinchidan, sizga aytmoqchi bo'lganim, "Uchlik" - bu Ota, Ona va O'g'il emas, balkim Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhdir. Ikkinchidan, siz bilan birga, agar qarshi bo'lmasangiz, Bibliyadan ushbu oyatni birga o'qisak. Tavrotda Xudo Musoga Isroil xalqiga ushbu so'zlarni aytishni buyuradi...
Faysal: 4 Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir. (Qonunlar 6:4)
Pastor: Ko'rib turibsizmi?! Bu Tavrot kitobidan! Bibliya Bitta Xudo mavjudligi haqida aytadi, bu yerda hech qanday savol ham bo'lishi mumkin emas! Endi Chiqish bo'limi 20:3 oyatini o'qib chiqing...
Faysal: "3Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang."
Pastor: Xo'sh, nima deb o'ylaysiz?
Faysal: Bu oyat Bibliyada bor deb o'ylamagan edim. Bu o'zimizning "Shahada"ga o'xshab ketar ekan!
Pastor: To'ppa to'g'ri! Shahada qayerdan kelib chiqqan deb o'ylaysiz?
Faysal: Shahada Bibliyadan kelib chiqqanmi?
Pastor: O'zingiz aytingchi, qaysi Muqaddas kitob birinchi kelgan?
Faysal: Gapingiz o'rinli! Lekin bunga Yahudiylar ishonishganku, Masihiylarchi? Iso Masih ham faqat yagona Xudo borligini aytganmi?
Pastor: Xa, albatta, mana bu yerda, iltimos o'qib chiqing Mark 12:28-31 oyatlarini. Bu Tavrotni yaxshi bilgan inson haqidagi hikoya. U Iso Masihning yoniga savol bergani keladi, va Iso Masih unga javob beradi. Iltimos, butun hikoyani o'qib chiqsangiz...
Faysal: 28Ulamolardan biri ularning munozara qilayotganini eshitib, Isoning ularga yaxshi javob berib turganini ko'rdi. U Isoning oldiga kelib: Butun ilohiy amrlarning eng muhimi qaysi biri?" deb so'radi. 29Iso unga javob berib dedi: Butun amrlarning eng muhimi shu: "Tingla, ey Isroil! Rabbimiz bo'lgan Xudovand - yagona Xudovanddir. 30Rabbing bo'lgan Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan, butun onging bilan va butun quvvating bilan, sevgin". Mana bu eng muhim amrdir. 31Ikkinchisi esa undan kam emas, chunonchi: "O'zgani o'zing kabi sevgin." Bulardan buyuk amr yo'q.
Pastor: Xo'sh, nima deb o'ylaysiz?
Faysal: Juda ham qiziqarli. Bibliya kitobi xaqiqatni o'rgatishi juda yaxshi. Lekin nima uchun Masihiylar, 3 ta Xudolar bor deyishadi?
Pastor: Yaxshi savol berdingiz! Endi tushuntirishimga izn bersangiz. Meni Xudo haqida bilgan ilmim, Uning xaqiqatdan ham kim ekanligi oldida bir parchadir. Xudo bizning tushunish doiramizdan ham KENGdir va U biz tassavur qilganimizdan ham yuksakroq va qudratliroqdir, shu gaplarimga qo'shilasizmi?
Faysal: Xa, qo'shilaman, bu to'g'ri!
Pastor: Tushunishingizga oson bo'lishi uchun, keling sizga rasm chizib tushuntiray. Varoqni tepasiga Xudoni chizaylik! Xudoni atrofini bulutlar bilan o'raylik, chunki Xudo bizdan yiroqda, Unga yaqinlashib bo'lmaydi, hamda U sirlidir!
Faysal: Mayli...
Pastor: Endi, varoqni pastiga insonni va yerni chizamiz. Mana bu chiziq yerni bildiradi deylik, endi qarang, sezdingizmi Xudo va inson o'rtasidagi katta bo'shliqni? Xudo samoda, inson esa yerda. Xudo bizni ko'ra oladi, biz esa Uni ko'ra olmaymiz. Xudo ko'rinmas dunyoga tegishli, biz esa ko'zga ko'rinarli dunyoga tegishlimiz. Gaplarim to'g'rimi?
Faysal: Xa, shunday. Davom ettiravering, qulog'im sizda!
Pastor: Taxmin qilaylik, Xudo insoniyat bilan gaplashmoqchi va insonlar bilmagan narsani ularga aytmoqchi. Xo'sh, buni Xudo qanday qilib amalga oshiradi? Axir Xudo ko'rinmas bo'lsa?!
Faysal: Uning xabarini yetkazish uchun, payg'ambarlarni yuboradi!
Pastor: Juda yaxshi. Xuddi shu narsa sodir bo'lgan ham. Xudoning xabarini yetkazgan payg'ambarlardan kimlarni bilasiz?
Faysal: Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad
Pastor: Keling, shulardan bittasini olamiz. Musoga nima deysiz?
Faysal: Mayli, Muso payg'ambarini bilaman.
Pastor: Qani, u haqida nimani bilasiz?
Faysal: Xudo Muso bilan cho'lda gaplashganini bilaman, keyin qandaydir bir olov bo'lgan!
Pastor: Xa, juda yaxshi! Xudo SO'ZLAGAN! Endi, Xudoning so'zlashishi g'ayritabiiy emasmi? Qanday qilib Xudo so'zlaydi? U qanday tilda gapiradi? Uni ovozining tovushi qanaqa? Muso Xudoning tilini tushuna oladimi? Musoning quloqlari Xudoning qudratli ovozini ko'tara oladimi?
Faysal: ???
Pastor: Xudoning xaqiqiy ovozi chaqmoqdan ham buyukroqdir! Lekin Xudo Musoga so'zlashi uchun, o'zini chegaraladi. Ya'ni Xudo Musoning tilida, hattoki shevasdai so'zladi. Musoning quloqlari og'rimasligi uchun, Xudo ovozini pasaytirdi. Xudo inson tilidan foydalandi. Xudoning inson bilan gaplashishi qanchalar ajoyib a?
Faysal: Xa, gapingizga qo'shilaman, lekin buni Xudnoning "Uchlik"giga nima aloqasi bor?
Pastor: Muso haqidagi hikoya, bizga Xudoning tabiati xaqida mal'um qiladi. Chunki Xudo bizni sevar ekkanki, biz bilan muloqot qiladi. U Muso bilan olov orqali, inson ovozi va tili bilan gaplashdi. Ibrohim bilan esa Farishta orqali gaplashdi. Keling, endi eng muhim oyatni, Ibroniylarga maktub 1:1-3 oyatlarini o'qib chiqamiz. Iltimos, o'qib chiqsangiz:
Faysal: 1Xudo qadimda ota-bobolarimizga ko'p marta va turli tarzda payg'ambarlar orqali gapirgan edi. 2Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O'z O'g'li orqali gapirdi. Xudo koinotni O'g'li orqali yaratgan va Uni borliqning vorisi qilib tayin etgan. 3O'g'il - Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig'ining aniq suratidir. U O'zining qudratli kalomi bilan koinotni asraydi. Gunohlarimiz yuvilishi uchun imkon yaratgandan so'ng, U samoda Hazrati Oliyning o'ng tomonida o'tirdi.
Pastor: Rahmat! O'zingiz ko'rib turganingizday, Xudo turli xil usul orqali gapirgan. Gapimning mohiyati shundaki, Xudo har safar so'zlaganida, insoniy muloqot uslubidan foydalangan. So'z ya'ni "Kalom" orqali Xudo o'zini namoyon qilgan. Gaplarimning mazmuniga tushunyapsiz a?
Faysal: "Kalom" orqali Xudo o'zini namoyon qiladi, shundaymi?
Pastor: Xuddi shunday! Xudo ko'rinmas! Odamlar uni tushunishi uchun, U samoviy tildan emas, balkim insoniy tildan va insoniy muloqot uslubidan foydalanadi. Bu Uning qanchalar Kamtarin va Sevuvchiligini namoyon qiladi! Xo'sh Faysal, agar Xudo ko'p asrlar davomida shu usulni qo'llab kelgan bo'lsa, endi U o'zini ovoz yoki kitobdan ham buyukroq usul orqali O'zini namoyon qilishi, g'ayritabbiymi? Xudo o'zini Iso Masih orqali ochiq namoyon qildi. Ibroniylarga 1:3 oyatiga e'tibor qarating: Iso Masih Xudo shuhratining porlashidir, Xudo borliqning aniq suratidir.
Faysal: Sizni ozroq tushundim! Lekin bu aqlbovar qilmaydigan hodisa!
Pastor: Ha, aqlbovar qilmaydi! Agar qarshi bo'lmasangiz, sizga yana bir narsani tushuntirib o'tsam?!
Faysal: Ha, albatta! Xudo va Iso Masih haqida ko'p narsalarni bilishni hohlar edim!
Pastor: Keling, Yuhanno 1:1-3 hamda 14 oyatlarini o'qib chiqamiz. Bu ajoyib oyat, inson ongi anglay olmaydigan, qiyin oyatlardan hisoblanadi!
Faysal: 1Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo huzurida edi, Kalom - Xudo edi. 2Azaldanoq U Xudo huzurida edi. 3Borliq U orqali bor bo'lgan, Usiz hech narsa bor bo'lgan emas. Neki bor bo'lgan bo'lsa, U orqali bor bo'lgan. 14Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Biz esa Uning ulug'vorligini ko'rdik; Otasi huzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to'lgan yagona O'g'ilning ulug'vorligini ko'rdik.
Pastor: Sizga "Kalom" haqida bir narsani tushuntirsam. Siz gapirishingdan oldin, miyangizda nima sodir bo'ladi?
Faysal: Men nima haqida gapirmoqchiligimni o'ylayman!
Pastor: To'g'ri! Siz gapirishingizdan oldin, o'ylaysiz! Misol uchun, siz restarantda ovqat zakaz qilmoqchisiz, ofitsantka yoningizda, sizni nima yeyish va nima ichishingizni toki siz unga aytmagunigizcha bilmay turaveradi. Badiiy til bilan aytadigan bo'lsak, Kalom bu miyangizning farzandidir! Arablarda shunday gap bor: "Al kalimaat banatu eshifah." (ya'ni "So'zlar lablarning qizlaridir")Yuhanno Xushsabarida aytilyaptiki, Xudo dunyoni yaratishdan oldin, shu haqida o'ylagan! Bu "O'y", Grek tilida "Logos" deyiladi. Ivrit tilidagi tarjimasi "Donolik" va arab tilida esa "Al Kalima" ya'ni "So'z"dir!
Faysal: Gaplaringizga tushunyapman, Lekin anglashga qiynalyapman!
Pastor: Sizni tushunaman. Chunki hech kim buni to'la-to'kis tushuna olmaydi, chunki biz yerga oid insonlar, samoga oid narsalarni gaplashyapmiz. Yuhanno 3:12-13 oyatlarini o'qisangiz, Iso Masihni baland unvonli Yahudiy dindori umuman tushuna olmaganiga, Iso unga shunday deydi. Iltimos o'qib chiqsangiz?!
Faysal: 12Agar sizlar yerdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar to'g'risida gapirganlarimga qanday ishonasizlar? 13Osmonda turadigan va osmondan tushgan Inson O'g'lidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas.
Pastor: Biz insonlar aql tarafdan chegaralanganmiz. Lekin qo'limizdan kelgancha Xudoni anglashga harakat qilyapmiz, shunday emasmi? Lekin bir narsani aniq tushunishimiz kerak, Iso Masih jismoniy inson bo'lsada, Ruhan u Xudodir. Masalan, siz suvni chelakka solsangiz, suv suvligicha qolaveradi. Chelak Isoning jismoniy tanasi bo'lsa, suv Xudoning Ruhidir!
Faysal: Wow, ko'p narsani chuqur o'ylashim kerak bo'ladi!
Pastor: Sizga yana bir misol keltiraman, o'ylaymanki, ko'p narsaga aniqlik kiritadi. Keling, Quyoshni misol qilib olamiz. Quyosh bizdan 93 million mil (150 million kilometr) uzoqlikda joylashgan. Biz 2 asosiy sababga ko'ra quyoshga yaqinlasha olmaymiz. Birinchidan, biz bunaqa uzoq masofaga ucha olmaymiz. Ikkinchidan, biz quyoshga yaqinlashsak, kuyib ketamiz. Xuddi shunday, Xudo bizdan juda uzoqda, va biz Unga yaqinlasha olmaymiz! Mana bu oyatni o'qisak: 20 Lekin Mening yuzimni ko'ra olmaysan. Meni ko'rgan odam tirik qolmaydi (Chiqish 33:20) Lekin quyosh bizga ba'zi chegaralangan yo'li orqali yaqinlasha oladi. U qanday yo'l bo'lishi mumkin?
Faysal: Nuri orqali, manimcha?!
Pastor: To'g'ri aytdingiz! Xuddi shu yo'l orqali Xudo ham bizning oldimizga kelgan, Nuri orqali, ya'ni Iso Masih orqali. Iltimos, Yuhanno 9:5 oyatini o'qib chiqsangiz?
Faysal: "5Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman." Ajoyib, juda qiziqarli. Demak, Iso Masih bizning yonimizga Samoviy Qasrdan kelgan Nurdir?!
Pastor: To'g'ri tushundingiz! O'zingiz ko'rib turganingizday, bizga kelib turgan nur, bizdan uzoqdagi olov sharidan taralib turibdi, lekin shunday bo'lsada, ular BITTA! Obrazli qilib gapiradigan bo'lsak, Olov - Nurning otasidir!
Faysal: Tushundim!
Pastor: Do'stim, Xaqiqatni anglayapsiz! Olovning nuri bor, va nur million kilometr masofani bosib o'tishiga qaramay, u olovdan ajralmaydi! Xudo Ota va Xudo O'g'il ham ajralmasdir! Ular bir xil tabiatga ega! Faqat shu yo'l orqali, y'ani Xudoni bizning darajaga tushishi orqali, biz Xudoni bilishimiz mumkin. Biz o'zimiz, Xudoning darajasiga yetib bora olmaymiz, buning ilojisi yo'q! Qancha savob ish qilmang, qancha qonunlarni amalga oshirmang, Xudoga o'zimizni kuchimiz bilan yetib bora olmaymiz. U bizni sevgani uchun va bizni qorong'ulikda emas, balkim yorug'likda yashashimiz uchun, O'zi bizning yonimizga keldi.
Faysal: Gap yo'q! Muqaddas Ruhchi?
Pastor: Xozir shu haqida o'zim ham gapirib bermoqchi edim. Nur o'zi bilan nimani keltiradi?
Faysal: Issiqliknimi? Demak, Muqaddas Ruh issiqlik ekanda?
Pastor: Xa, boshqa tilda aytadigan bo'lsak, "Qobiliyat", "Kuch", "Xaqiqat"dir. Olovdan chiqayotgan nurni va issiqlikni ajratib bo'lmagandek, Xudo Ota, Xudo O'g'il va Muqaddas Ruhni ham bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Ular BITTA va ular bir-birini to'ldirib turishadi! Tushuntirganlarimni anglab borayotganga o'xshaysiz!
Faysal: Tushunib boryapman, lekin shunday bo'lsada, nimagadir manga yetib bormayapti. Nazarimda, Xudo unday bo'lishi mumkin emasdek. Sizga va Bibliyaga juda ham ishongim kelyapti, lekin to'xtab qolganlarga o'xshayman.
Pastor: Sizni nimaga to'xtab qolganingizni bilaman, bu sizni aqlingiz yetmaganidan emas. Sizni gap so'zlaringizdan, aqilli odamga o'xshaysiz, lekin qanchalik aqilli bo'lmang, asosiy negizsiz, siz hech qachon hech narsani tushuna olmaysiz! Iltimos, 1 Korinfliklarga 2:14-16 oyatlarini o'qib chiqsangiz?
Faysal: 14Inson o'zining tug'ma his-tuyg'ulari bilan Xudo Ruhi o'rgatgan narsalarni qabul qila olmaydi. U bularni tushunmagani uchun tentaklik hisoblaydi. Zero ilohiy haqiqatni Ilohiy Ruh yordamida muhokama qilish lozim. 15Xudo Ruhiga tobe kishi hamma narsani muhokama qiladi, o'zini esa hech kim muhokama qila olmaydi. 16Tavrotda yozilganidek: «Xudovandning fikrini kim anglab yetibdiki, Unga ta'lim bersa?» - Bizda esa Masihning fikri bor.
Pastor: Ko'rib turganingizday, Xudo juda ulkan, Uni oddiy inson ongi anglab yeta olmaydi! Xudoning O'zi bizga xaqiqatni fosh qiladi, va Uni tushunishimizga imkon beradi. Agar siz, chin dilingizdan tushunishni istasangiz, ibodat qilishingiz kerak, va Xudodan ko'zlaringizni Xaqiqatga ochib berishini so'rang. Sizni qo'llab-quvvatlash uchun, keling Matto 16:13:17 oyatlarini o'qib chiqsak:
Faysal: 13Filip Kesariyasi atroflariga kelgan Iso O'z shogirdlaridan so'radi: Odamlar Meni, Inson O'g'lini, kim deb hisoblaydilar? 14Ba'zilari Yahyo payg'ambar deb, boshqalari Ilyos payg'ambar deb, yana birlari esa Eremiya yoki bo'lak payg'ambarlardan biri deb hisoblaydilar, - dedi shogirdlar. 15Iso ulardan: Sizlar-chi, Meni kim deb hisoblaysizlar? - deb so'ragach, 16Simun Butrus javob berib dedi: Sen barhayot Xudoning O'g'li - Masihsan! 17Iso Butrusga javoban dedi: Sen baxtiyorsan, ey Yunus o'g'li Simun! Bu sirni sen o'z uquv-idroking bilan uqqaning yo'q, balki osmondagi Otam senga ochib bergan.
Pastor: Ishonamanki, Butrus Xaqiqatni Xudovand tomonidan anglab yetganiday, siz ham anglab yetasiz. Xudovandning sizga Xaqiqatni fosh qilishini istaysizmi? Keling, birga ibodat qilaylik!
♥ † ♥ † ♥ † ♥
Aziz do'stlarim, ushbu suhbat orqali, savol-javoblar orqali, Masihiylar iymon keltirgan "Uchlik" xaqidagi tushunchaga ega bo'ldingiz deb umid qilaman!
Sizlarni Xudovand o'z panohida asrasin, va Xaqiqatga qalb ko'zlaringizni ochsin! Iso Masih nomi bilan, Omin!
No comments:
Post a Comment