“Kechirish” so’zi - bu toza qilib artishni, kechirishni, qarzni bekor qilishni bildiradi. Qachonki biz biron – kimni xafa qilib qo’ysak, undan biz munosabatlarimizni tiklash uchun kechirim so’raymiz.
Kechirim - kimdir unga loyiq bo’lsagina berilmaydi. Hech kim kechirimga loyiq ish qilmagan. Kechirim - bu sevgi, shavqat va marhamat aktidir. Kechirish—bu boshqa odam bizga nisbatan nima qilganidan qat’iy nazar, unga hech qanday qarshilikka ega bo’lmaslikdir. Muqaddas Kitobda hammamiz Xudoning kechirimiga muhtojligimiz va biz hammamiz gunoh qilganligimiz yozilgan.
~Ekklesiast kitobi 7:20~ chi matn:
“Yer yuzida solih kishi yo’q, yaxshilik qilib, gunoh qilmaydigan hech kim” -deb e’lon qilyabti.
~1-chi Yuhanno maktubi 1:8~ da aytilgan:
“Agar gunohimiz yo’q desak, o’z— o’zimizni aldagan bo’lamiz va ko’nglimizda haqiqat bo’lmaydi”.
Asli ma’noda, har-qanday gunoh Xudoga qarshi chiqish harakatini bildiradi( Zabur kitobi Sano 52:4). Shu sababli bizlar mushkul ahvolimiz bilan Xudoga muhtojmiz. Agar bizning gunohlarimiz kechirilmasa, bizlar shu oqibatni chidab, mangulikni do'zahda o’tkazamiz.
~Matto Xushxabari 25:46~
46Shunday qilib, bular abadiy azobga, solihlar esa abadiy hayotga noil bo’ladilar
~Yuhanno Xushxabari 3:36~
36Kimki Xudo O’g’liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O’g’ilga ishonmagan odam esa hayot ko’rmay, Xudoning g’azabiga uchraydi.
No comments:
Post a Comment