Tuesday, April 23, 2013

Men imonimni Masihga bag’ishladim…Endi nima?

 
Tabriklaymiz! Siz hayotni o’zgartiruvchi qaror qabul qildingiz! Balki siz, “Endi nima? Men Xudo bilan safarimni qanday boshlayman?” deb so’rayotgandirsiz. Quyida berilgan beshta qadam sizga yo’nalishni Bibliyadan beradi. Safaringiz chog’ida sizda savollar bo’lsa komment qismida yozib qoldirsangiz!
 
 
1. Najotni to’g’ri tushunishingiz uchun ishonchingiz komil bo’lsin.
 
 ~ 1 Yuhanno 5:13 ~ 

13Men bularni sizlar abadiy hayotga egaligingizni bilinglar, deb yozdim. Chunki sizlar Xudoning O’g’li nomiga iymon keltirgansizlar.
 
 Xudo bizni najotni tushunishimizni xohlaydi. Xudo albatta najot topishimizni bilishda ishonchimiz komil bo’lishini istaydi. Keling najotning asosiy qismlarini qisqacha ko’rib chiqaylik:
 

(a) Biz barchamiz gunoh qilganmiz. Biz barchamiz Xudoga xush kelmaydigan ishlarniqilganmiz
 ~ Rimliklarga 3:23 ~
23Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir.

 (b) Gunohlarimiz tufayli, biz Xudodan abadiy ajralish kabi jazoga loyiqmiz.
 ~ Rimliklarga 6:23 ~
23Gunohning evazi — o’lim, Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir.
 
(c) Iso xochda bizning gunohlarimizni yuvish uchun jon berdi
 
~ Rimliklarga 5:8 ~
8Lekin biz hali gunohga botgan chog’imizda, Masih biz uchun o’ldi. Bu Xudoning bizga bo’lgan muhabbatidan dalolatdir.
 
~ 1 Korinfliklarga 5:21 ~
21Xudo bizni O’ziga ma’qul, solih deb bilish uchun, gunohni hech bilmagan Masihni biz uchun gunohga aylantirdi.
 
Iso bizning o’rnimizga, biz loyiq bo’lgan jazoni olib jon berdi. Uning qayta tirilishi, Isoning o’limi gunohlarimizni yuvishga etarli ekanligini isbotladi.

(d) Xudo o’z imonini Isoga bag’ishlaganlarga, ya’ni Uning o’limi gunohlarimizni yuvdi deb e’tiqod qiluvchi bandalarga rahm-shafqat va najotni ataydi.
 ~ Yuhanno 3:16 ~
16Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishongan har biri kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin.
 
~ Rimliklarga 5:1 ~
1Rabbimiz Iso Masihga bo’lgan iymonimizni inobatga olib, Xudo bizni oqladi va biz bilan sulh tuzdi.
 
~ Rimliklarga 8:1 ~
1Shunday qilib, Iso Masih ummati bo’lganlarga qarshi endi hech bir mahkumlik yo’qdir.

Bu najot xabaridir! Agar imoningizni Iso Masihga Najotkoringiz sifatiga bag’ishlagan bo’lsangiz, unda siz najot topgan bo’lasiz! Sizning barcha gunohlaringiz avf etiladi va Xudo sizni hech qachon tashlab ketmasligi yoki tark etmasligi uchun va’da beradi

~ Rimliklarga 8:38-39 ~
38Men aminmanki, na o’lim va na hayot, na farishtalar va na jin-ajinalar, na hozirgi va na kelgusi hodisalar,
39na balandliklar va na chuqurliklar hamda na yaratilgan boshqa biron mavjudot Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudo sevgisidan bizni judo qilishga qodir emas.


~ Matto 28:20 ~
20Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o’rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo’laman”. OMIN.


Najot topishingiz Iso Masih orqali ishonchli ekanligini yodda tuting

~ Yuhanno 10:28-29 ~
28Men ularga abadiy hayot bag’ishlayman va ular abadiy halok bo’lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo’limdan tortib olomaydi.
29Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo’lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi etmaydi.

Agar siz Najotkoringiz sifatida faqat Iso Masihga imon keltirsangiz, siz arshi-a’loda Xudo bilan birga abadiy hayotni o’tkazishingiz uchun ishonchga ega bo’lishingiz mumkin!

2. Bibliya o’qituvchi yaxshi cherkovni toping.

 Cherkovni bino deb o’ylamang. Cherkov - odamlardir. Iso Masihga e’tiqod qiluvchilarning bir-birlari bilan do’stlashishlari juda muhim. Bu cherkovning asosiy maqsadidir. Endi siz Iso Masihga iymon keltirdingiz, yashash joyingizda Bibliyaga ishonuvchi cherkovni topib, ruhoniy bilan so’zlashishingizni juda qo’llab-quvvatlaymiz. Iso Masihga bo’lgan yangi iymoningizni unga ma’lum qiling. Cherkovning ikkinchi maqsadi Bibliyani o’qitishdir. Siz hayotingiz bo’yicha Xudoning ko’rsatmalarini qay tarzda amalga oshirishni o’rganishingiz mumkin. Bibliyani tushunish - muvaffaqiyatli va kuchli Masihiy hayotini kechirishingizga asosdir. Aziz Havoriy Pavelning Timofeyga ikkinchi maktubi, 3-bob, 16,17-oyatlarda shunday deyiladi: “Har bir Muqaddas Yozuv ilohiy ilhom bilan yozilgan bo’lib, ta’lim berish, dalolat qilish, tuzatish, solihlik yo’lida tarbiya berish uchun foydalidir. Shu yo’sin Xudoning quli komil va har qanday yaxshi ishga qobil bo’ladi”.

Cherkovning uchinchi maqsadi sajda qilishdir. Sajda qilish - bu Xudoning barcha qilgan ishlari uchun Unga shukrona aytishdir! Xudo bizni halos etdi, U bizni sevadi. Xudo bizga hayot kechrishimiz uchun vositalarni beradi. Xudo bizga ko’rsatma va yo’nalish beradi.
Qanday qilib biz Unga shukrona aytmasligimiz mumkin?! Xudo muqaddas, solih, sevuchi, shafqatli va inoyatga to’ladir.

3. Xudoga e’tibor qaratish uchun har kun vaqt ajrating.

 Xudoga e’tibor qaratishda har kun vaqt ajratish biz uchun juda muhimdir. Ayrim odamlar buni “tinch vaqt” deydilar. Boshqalar esa uni “Xudoga xizmat qilish” deydilar, chunki biz o’sha vaqtda Xudoga ibodat qilamiz. Ba’zilar vaqtlarini ertalab, qolganlar esa kechqurun ajratishlarini afzal ko’radilar. Ushbu vaqtni nima deb atashingizning yoki qachon uni bajarishingizning farqi yoq. Asosiysi, vaqtingizni muntazam ravishda Xudo bilan o’tkazishingizdir. Qaysi tadbirlar vaqtimizni Xudo bilan o’tkazishga kiradi?

(a) Ibodat. Ibodat qilish Xudo bilan oddiygina so’zlashishdir. Tashvishlaringiz va muammolaringiz haqida Xudo bilan so’zlashing. Xudodan sizga zakovat va yo’nalish berishini so’rang. Ehtiyojlaringizni qondirish uchun Xudodan so’rang. Uni qanchalik sevishingizni va siz uchun qiladigan ishlari uchun Unga qanchalik shukrona bo’lishingizni Xudoga ayting. Ibodat ana shulardan iboratdir.

(b) Bibliyani o’qish. Bibliyani nafaqat cherkovda, yakshanba maktabida va/yoki Bibliya darslarida qo'shimcha sifatida o'qishingiz, balkim siz Bibliyani o’zingiz uchun o’qishingiz ham kerak. Muvaffaqiyatli Masihiy hayotini kechirish uchun Bibliya siz bilishingiz kerak bo’lgan barcha narsani o’z ichiga oladi. U qay tarzda aqlli qarorlarni qabul qilish, qanday qilib Xudoning irodasini bilish, boshqalarga qanday qilib yordam ko’rsatish va qanday qilib ruhiy rivoshlanish bo’yicha Xudoning ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Bibliya Xudoning bizga kalomidir. Bibliya Xudoning muhim ko’rsatmalar qo’llanmasi bo’lib, qanday qilib biz hayotimizni Unga xush keluvchi va o’zimizga rohat bag’ishlovchi tarzda hayot kechirishimizni namoyon qiladi.

4. Sizga ruhiy jihatdan yordam bera oluvchi odamlar bilan aloqalarni rivojlantiring.

 ~ 1 Korinfliklarga 15:33 ~
33Lekin adashmanglar: «Yomon odamlar to’dasi yaxshi ahloqni buzar ekan».

Bibliya “yomon” odamlarning bizga qila olishi mumkin bo’lgan ta’siri haqida ogohlantirishlarga to’ladir. Gunohli ishlar bilan shug’ullanuvchilar bilan vaqtni o’tkazish bizga o’sha ishlar bilan bizni vasvasaga tushib qolishimizga olib keladi. Atrofimizdagi yaxshi axloqli odamlarning “ta’siri” bizga o’tadi. Shuning uchun o’zimizni shunday odamlar, ya’ni Xudovandni sevuchi va Unga sodiq bo’lganlar bilan o’rab olishimiz juda muhimdir.

Sizga yordam bera oladigan va sizni qo’llab-quvvatlay oladigan bir-ikkita do’stni (balki cherkovingizgan) topishga harakat qiling...

~ Ibroniylar 3:13 ~
13Hech kim gunohning aldovi bilan yuragini tosh qilmasin; “bugun” deyilguncha, bir-biringizga har kuni nasihat qilib turinglar.

~ Ibroniylar 10:24 ~
24Bir-birimizga e’tibor beraylik va muhabbatga, xayrli ishlarga rag’batlantiraylik

O’zingizning tinch vaqtingiz, faoliyatlaringiz va Xudo bilan birga sayringizga nisbatan o’zingizni javobgar tutishingizni do’stlaringizdan so’rang. Xuddi shu narsani ular uchun qila olishingiz mumkinligini so’rang. Bu sizga Xudovand Isoni Najotkor deb bilmaydigan barcha do’stlaringizdan voz keching degani emas. Ularning do’sti bo’lishni va ularni sevishni davom ettiring. Faqatgina ularga Iso hayotingizni o’zgartirganligini va siz ilgari qilib yurgan ishlaringizni endi qila olmasligingiz haqida ayting. Xudodan do’stlaringiz bilan Isoni baham ko’rish imkoniyatlari haqida so’rang.

5. Suvga tushing.

 Ko’pgina kishilar suvga tushish haqida noto’g’ri tushunchaga egalar. “Baptize” so’zi suvga tushishni (cho’milishni) bildiradi. Suvga tushish (baptizm) sizning Isoga keltirgan yangi imoningizni va Unga rioya qilish uchun sodiqligingizni ochiqchasiga e’lon qilishning bibliyaviy usulidir. Suvga tushish harakati Iso bilan birga da’fn etilganlikni bildiradi. Suvdan chiqish harakati esa, Isoning qayta tirilganligini tasvirlaydi. Suvga tushish o’zingizni Isoning o’limi, da’fn etilishi va qayta tirilishi bilan tanita olishingizdir.

~ Rimliklarga 6:3-4 ~
3Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda, hammamiz ham Uning o’limini tan olib imon keltirdik.
4Biz suvga cho’mib, Masih bilan birga o’ldik va ko’mildik. Shuningdek, Masih Otasining ulug’vor qudrati bilan tirilganiga o’xshab, biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim.


 Suvga tushish (baptism) sizga najot beruvchi narsa emas. Suvga tushish gunohlaringizni yuvib yubormaydi. Suvga tushish oddiygina itoatkorlik qadami bo’lib, najot uchun imoningizni Isoning o’zigagina ochiqchasiga e’lon qilishlikdir. Suvga tushish muhim hisoblanadi, chunki bu itoatkorlik qadamidir, ya’ni imoningizni Isoga keltirganligingizni va Unga soqiqligingizni ochiqchasiga izhor etishdir. Agar siz suvga tushishga tayyor bo’lsangiz, ruhoniy bilan gaplashishingiz lozim.






No comments:

Post a Comment